Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Amerika Qöşma Ştatlariga rasmiy taşrifi yakuniga yetdi. Davlat rahbari ayni damda poytaxt Toşkent şahriga qaytmoqda.

Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev 16 may kuni Oq uyda AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uçraşdi. Muzokaralar avval tor doirada keyin keng doirada bölib ötdi. Keng doiradagi muzokaralarda Özbekiston va AQŞ rasmiy delegatsiyasi vakillari iştirok etadi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boşqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Tramp bilan uçraşuvda har ikki davlat rahbarlari ekstremizm va xalqaro terrorizmni qoraladilar hamda umumiy tahdidlarga qarşi kuraşiş böyiça hamkorlikni kengaytirişga intilişlarini qayd etdilar. Ular ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiriş va mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlaşga qaratilgan kelişuvlarni amalga oşirişga sodiq ekanliklarini bildirdilar hamda beş yilga möljallangan ilk harbiy hamkorlik Rejasini amalga tatbiq qiliş orqali mudofaa sohasidagi aloqalarni mustahkamlaş muhimligini ta'kidladilar.