Markaziy bank muomaladan çiqarilayotgan tangalar va banknotalarni almaştiriş tartibini e'lon qildi.
Avvalroq, muomaladagi 50 va 100 sömlik tangalar, şuningdek 50, 100, 200 va 500 sömlik banknotalar muomaladan qaytarib olinişi, ularning örniga esa, 2018 yil namunasidagi 50 sömlik, 100 sömlik, 200 sömlik va 500 sömlik tangalar muomalaga çiqarilişi xabar berilgandi.
Qayd etilişiça, eski namunadagi tangalarni va banknotalarni muomaladan qaytarib oliş tabiiy yöl bilan, ya'ni bank kassalariga kelib tuşgan uşbu tangalar va banknotalarni qayta muomalaga çiqarmaslik orqali amalga oşiriladi.
Tasdiqlangan tartibga köra, muomalada böliş muddati:
- eski namunadagi 50 sömlik, 100 sömlik tangalar hamda 50 sömlik va 100 sömlik banknotalar uçun 2019 yilning 1 iyuliga qadar;
- eski namunadagi 200 sömlik va 500 sömlik banknotalar uçun 2020 yil 1 iyulga qadar belgilangan.
Belgilangan muddat davomida uşbu banknota va tangalar qonuniy tölov vositasi hisoblanib, ular bilan naqd puldagi tölovlarni amalga oşiriş mumkin.
«Şu sababli, aholining xavotirga tuşişiga heç qanday hojat yöq.
Çunki, naqd puldagi hisob-kitoblarni amalga oşirişda uşbu tanga va banknotalardan çeklovlarsiz foydalanişlari mumkin.
Uşbu tangalar va banknotalar savdo, xizmat körsatiş va boşqa soha sub'yektlarining kunlik tuşumi sifatida bank kassalariga topşiriladi hamda qayta muomalaga çiqarilmaydi.
Aholi qölidagi eski namunadagi tangalar va banknotalarni banklar orqali yangi namunadagi tangalarga almaştirib olişlari ham mumkin», - deyiladi xabarda.
Eski namunadagi tangalar va banknotalarni banklar orqali yangi tangalarga almaştirib oliş:
- 50 sömlik, 100 sömlik tangalar hamda 50 sömlik va 100 sömlik banknotalar yangi namunadagi 50, 100, 200, 500 sömlik tangalar muomalaga çiqarilgan kundan boşlab;
- eski namunadagi 200 sömlik va 500 sömlik banknotalarni 2019 yil 1 iyuldan boşlab bank kassalari orqali amalga oşiriladi.












