Mas'ul taşkilotlar korxonalarning hisobvarağini “muzlatib” qöyişi heç gap emas. Bir qaraşda qonunga oğişmay amal qilayotgan, heç narsadan çöçişining hojati bölmagan taşkilotning faoliyati falajlanib qoladi. Masalan, suv va gaz böyiça qarzdorligi bölgan yoki ular uçun oldindan 100 foizlik tölovni ötkazmagan tadbirkorlik sub'yektlarining hisobvarağida yetarliça mablağ bölmasa, “pulli kislorod”ning böğzi berkitiladi, deb yozmoqda Norma naşri.

Majburiy ijro byurosi Toşkent tumani bölimi boşliği örinbosari Ubaydullo Mirzayevning aytişiça, bunday holatda hisobvaraqda yetarliça mablağ bölgan taqdirda, u muzlatilmaydi, şunçaki inkasso talabnomasida körsatilgan qarzdorlik summasi yeçib olinadi, xolos. Qarzdorlik qoplanganidan söng sub'yekt öz faoliyatini bamaylixotir davom ettiraverişi mumkin.
 
Buning ustiga “Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş töğrisida”gi qonunga 2018 yil 10 yanvar kuni kiritilgan özgartirişlarga köra, sud hukmini ixtiyoriy ijro etiş uçun sub'yektga 15 kun muddat beriladi (ilgari 5 kun edi). Muqaddam ixtiyoriy muddat içida talabnomani bajarmagan jismoniy şaxslarga EKIHning 5 dan 10 baravarigaça, yuridik şaxslarga EKIHning 10 dan 15 baravarigaça jarima solinar edi. Hozirda tadbirkorga nisbatan jarima qöllaş faqat sud orqali amalga oşiriladigan böldi. Sud lozim topsa, tegişli miqdordagi jarimani belgilaydi.
 
Agar tadbirkorning hisobvarağida qarzdorlikni qoplaş uçun mablağ yetarli bölmasa, korxona yoki taşkilot bankrot holatiga kelib qolgan bölsa, majburiy ijro harakatlariga kirişiladi.
 
Avvalo, taşkilotning hisobvarağidan operatsiyalar amalga oşirilişini töxtatib qöyiş uçun MIB xizmat körsatuvçi bankka inkasso talabnomasini yuboradi. Şundan keyin sub'yekt “Kartoteka 2”ga tuşadi. Ya'ni uning hisobvarağiga kelib tuşadigan mablağlar eng avvalo soliq böyiça qarzdorlikni qoplaş uçun yönaltiriladi. Qarzdorlikdan töliq qutilmagunça boşqa operatsiyalarni amalga oşirişi taqiqlanadi.

Söngra boşqa qarzdorliklar, oylik iş haqi va hokazolarga sarflanişiga yöl qöyiladi.
 
Majburiy ijro harakatlari quyidagilarni ham öz içiga oladi:

• qarzdorning boşqa hisobvaraqlari tekşiriladi;
• qarzdorlik yuzasidan undiruvni mol-mulkga qaratiş çoralari köriladi (köçmas mulk, avtotransport vositalari, mebellari va boşqalar);