AQŞ boşçilik qilayotgan xalqaro koalitsiya Suriyadagi neft konlarini atayin bomdardimon qildi, bu mamlakat hukumati ulardan foydalana olmasligi uçun amalga oşirildi. Bu haqda Suriya TIV rahbari örinbosari Faysol Miqdad ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
«Ular şunday qilişdiki, endi bu maydonlarda işni tiklaş uçun önlab million dollar tölaş kerak böladi», - deya ta'kidlab ötdi Miqdad.
Uning sözlariga köra, ayni damda ba'zi neft konlari turli guruhlar tomonidan nazorat qilinmoqda, ular orasida – «Suriya demokratik kuçlari» (SDF) otryadlari ham bor.
«Biz yana bir bora ta'kidlab ötmoqçimizki, kurdlar – Suriya xalqining bir qismi. Biz kim bölişidan qat'i nazar – kurdmi, arab yoki aysormi – Suriya manfaatlariga qarşi boşqa davlatlar manfaati uçun işlaşini xohlamaymiz. Men umid qilamanki, ular buni tuşunib yetişadi», - deya qöşimça qilib ötgan Suriya TIV rahbari örinbosari.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Suriyadagi kimyoviy hujumlarga Rossiya aybdor ekanini ma'lum qilgandi.












