Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 21 may kungi «Energiya resurslarini iste'mol qiliş, suv ta'minoti va suv çiqariş xizmatlari körsatiş, şuningdek, ijro işini yuritiş sohasida tölov intizomini mustahkamlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi №379-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorning 1-ilovasida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi ma'lumotlar bazasi orqali faqat qarzdorlik tekşirilgandan keyin sodir etiladigan yirik bitimlar va körsatiladigan xizmatlar röyxati keltirib ötilgan.
Ya'ni, quyida röyxati keltirilayotgan bitimlar tuzişda va xizmatlar körsatişda energiya resurslari, suv ta'minoti va suv çiqariş xizmatlari böyiça qarzdorlik Majburiy ijro byurosi bazasi orqali yöqligi aniqlanganidan sönggina amalga oşiriladi.
- Köçmas mulk bilan boğliq bitimlarni notarial tasdiqlaş (oldi-sotdi, ijara, hadya, işonçnoma beriş, işonçli boşqariş va şu kabilar)
- Avtotransport vositalari bilan boğliq bitimlarni notarial tasdiqlaş (oldi-sotdi, ijara, lizing, hadya, işonçnoma beriş va şu kabilar)
- Yangi avtotransport vositalarini, şu jumladan lizing şartnomalari böyiça sotiş.
- Köçmas mulk va avtotransport vositalarini sotib oliş uçun kreditlar beriş, şu jumladan, ular böyiça lizing operatsiyalari
- Ijro hujjatlar böyiça elektron-onlayn auksionlarda mulkni sotiş (elektron onlayn auksionda iştirok etiş uçun buyurtmanomalar qabul qiliş)
- Xususiylaştiriladigan köçmas mulk obektlarini, mas'uliyati çeklangan jamiyatlar ustav fondi (ustav kapitali)dagi davlat uluşlarini hamda davlat mulkini ijaraga beriş huquqini elektron onlayn-auksionlarda sotiş (elektron onlayn auksionda iştirok etiş uçun buyutmanomalar qabul qiliş)
- Yer uçastkalariga bölgan huquqni davlat röyxatidan ötkaziş va tegişli guvohnoma beriş
- Binolar, inşootlar va köp yillik dov-daraxtlarga bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş va tegişli guvohnoma beriş.
- Köçmas mulkka bölgan huquqni davlat röyxatidan ötkaziş haqidagi kadastr işlarini tayyorlaş
- Xalqaro yölovçi taşiş xizmatlari körsatiş uçun aviaçiptalar sotiş (Özbekiston Respublikasiga aviaçiptalardan taşqari)*
- Xalqaro yölovçi taşiş xizmatlari körsatiş uçun temir yöl çiptalari sotiş (Özbekiston Respublikasiga temir yöl çiptalaridan taşqari)*
- Çet elga çiqiş uçun ruxsatnoma yozuvi stikerini rasmiylaştiriş*
- Avtotransport vositasini davlat röyxatidan ötkaziş va qayta röyxatdan ötkaziş











