KUN.UZ tahririyatiga kelib tuşgan ma'lumotlarga köra, bugun, 24 may kuni Qarşi şahrida joylaşgan Markaziy dehqon bozorining köça yuzidagi dökonlarini buziş işlari boşlab yuborilgan.Tahririyatimizdan najot istab,tinimsiz qönğiroq qilgan bir guruh tadbirkorlarning ta'kidlaşiça, buziliş işlari ogohlantirişsiz, şahar hokimining qarori körsatilmagan holda, tadbirkorlarning buzilayotgan dökonlariga tovon puli tölaş yoki yangidan qurib oliş hamda faoliyat yuritiş uçun tegişli joy körsatilmagan holda amalga oşirilmoqda.

Bugun Respublikada keng kölamli bunyodkorlik işlari amalga oşirilyapti. Eski binolar örnida yangilari qad kötarmoqda, qayta ta'mirlanmoqda, şahar va tumanlarning qiyofasi özgartirilib, yangi loyihalar asosida qayta tiklanmoqda. Ammo,aksariyat joylarda buziş va quriliş işlari mulk egalarining, xususan, tadbirkorlarning manfaatiga zid tarzda, kör-körona amalga oşirilmoqda. Qarşida ham şunday bölmoqda. Bankdan krediti bor, işlarini endigina kengaytiraman, qöşimça iş örinlari paydo qilaman, deb turgan tadbirkorga nisbatan bunday xatti-harakatlarni qanday oqlaş mumkin?

Yodingizda bölsa, avval ham «Qarşi şahar hokimligi bir tadbirkorni çirqiratmoqda — bu nima, fidoyilik yo reyderlik?» sarlavhasi bilan Yerqörğon dehqon (oziq-ovqat) bozori» AJga avtomobillar turar joyi zörlik bilan olib berilgan «Asilbek-Ziyoda» savdo işlab çiqariş korxonasi rahbari Ismoil Panjiyev bilan boğliq voqea hikoya qilib berilgan edi. Qarşida yana şunga öxşaş holat yuz berayotganga öxşaydi.

Markaziy dehqon bozorida faoliyat körsatgan tadbirkorlardan biri şunday hikoya qilib bermoqda:

— Ertalab kelib, dabdurustdan buziş işlarini boşlab yuborişdi. Hatto ayrim tadbirkorlar dökondan narsalarini olib çiqib ketişga ham ulgurişmadi. Oziq-ovqat mahsulotlari qulayotgan dökon vayronalari içida qolib ketdi. Bu haqda mutasaddilardan izoh olamiz, desak hokimlik vakillaridan heç kim kelmadi. Obodonlaştiriş boşqarmasidan allaqanday bir kişini qöyib ketişgan. Buzayotganlar ham heç narsa bilmaydi, ularga buyurişgan — buzişyapti. Bozorda janjal kötarilib ketmasin, degan maqsadda içki işlar xodimlaridan bir guruhini qöyib ketişgan. Nima qilişni bilmay qoldik. Yanvar oyida ogohlantiriş xati berişuvdi, bozor rekonstruksiya bölişi, dökonlar örniga zamonaviy loyiha böyiça dökonlarni tadbirkorlarning özi qurişini va'da qilingan edi.