Bugun klublar mavsumining asosiy bahsi ötkaziladi.
Zinedin Zidanning «Real»i bugun ketma-ket uçinçi marta Yevropa Çempionlar Ligasi kubogini qölga kiritiş uçun Yurgen Klopp boşçiligidagi «Liverpul»ga qarşi maydonga tuşadi. Final bahsiga Kiyevdagi «Olimpiyskiy» stadioni mezbonlik qiladi.
Uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 23:45da boşlanadi. Öyinni özbekistonlik futbol işqibozlari Futbol-TV telekanali tomonidan jonli efirda tomoşa qilişlari mumkin. Şuningdek, final öyini «Matç TV»da jonli efirda uzatiladi.
Kimlar boşlanğiç tarkibda?
«Liverpul» — kuçli zaxira örindiğiga ega emas. Bu jamoaning asosiy zaifligi: öyin davomida hujum çiziğini kuçaytiriş uçun Kloppda faqat Solanke yoki Ingzni, himoya markaziga esa – faqat Klavanni tuşiriş imkoniyati mavjud. Hujum çiziği vakillari hamişa bir xil tarkibda maydonga tuşib kelgan va rotatsiya imkoniyatlari çeklangan.
Şu tufayli «Liverpul» har doimgidek 4-3-3 sxemasida öyinni boşlaydi, Oksleyd-Çemberlenning jarohatidan keyin yarim himoya markazidagi uçlik Milner, Xenderson va Veynaldumdan iborat, bu uçlikni kuçaytiriş imkoniyati ham yöq, Lallana va Jan hali sport formasini tiklamagan: biri jarohatidan tuzalib qaytganidan keyin faqat 15 daqiqa maydonda harakat qildi, ikkinçisida şu ham yöq. Öyin davomida vaziyatni özgartiriş uçun Kloppdan ijodiy yondaşuv talab etiladi.
«Real»da — butunlay aksi. Bu jamoa mavsumning eng turlanuvçan jamoasi böldi, yaqqol misol: «Yuventus» bilan öyinlarda «Real» ikki xil tarkib bilan harakat qildi.
Zidan amaldagi Yevropa çempionlarini kuçli raqibga qarşi xotirjam tayyorlamoqda. U 3 nafar markaziy yarim himoyaçilarni maydonga taşlaydi, ularga «önlik» hujumçi Isko yordam berib, töp nazoratiga javob beradi. U raqib pressing uyuştira olmay qolganida, asosiy tayanç yarim himoyaçisi Kazemirosiz öynaşi ham mumkin, raqibga bosim uyuştiriş lozim bölganida Ançelotti uslubida qanotlarni kuçaytirişi mumkin. Bitta narsa özgarmaydi: «Real» öyin davomida özgarib boradi. Vaskes, Asensio va Beyl zaxira örindiğida Zidanning ularga körsatma berib, maydonga taşlaşini kutib turişadi, murabbiy ulardan a'lo darajada foydalana oladi.

Final arafasida madridliklarning boşlanğiç tarkibida Beyl bölişi yoki bölmasligi kun tartibiga çiqqan. Keyingi ikki mavsum finalida Zidan pragmatizm orqali ğalabalarga erişdi, bu pragmatizm esa Kazemironi Kroos va Modriç, şuningdek «önlik» hujumçi Isko bilan birga maydonga tuşirişni talab etardi. Isko bu öyinlarda qanotlarda ham harakat qilib, jamoaga katta foyda keltirgan.


















