AQŞning NASA koinot agentligi Oyda birinçi raketa zavodini quriş böyiça rejasining texnik detallari ustida işlarni boşlamoqda. Sayyoramizdan taşqaridagi ilk sanoat korxonasida boşqa sayyoralarga sayohat uçun zarur böladigan raketa yonilğisini işlab çiqiş rejalaştirilmoqda.   

Bölğusi raketa yonilğisi uçun xom aşyo – vodorod va geliyni Oy sirtida oliş möljallanmoqda. Bu maqsadda 2019 yilda Oy sirtiga ikkita geologik razvedkaçi qurilma yuborilişi mumkin. Bu qurilmalar iş uçun eng maqbul maydonçalarni qidiriş bilan şuğullanadi.

Oy bazasi Quyoş tizimining boşqa sayyoralariga yölda zaxiralar va yonilği töldiriş uçun öziga xos oraliq punkt bölişi mumkin.