Şu yilning 21 mayidan boşlab, Şveytsariyaning Jyeneva şahrida Jahon soğliqni saqlaş assambleyasining 71-sessiyasi öz işini boşladi. Unda Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov boşçiligida Özbekiston delegatsiyasi ham iştirok etmoqda. 

Dunyoning turli mamlakatlari tajribasi bilan tanişiş, ilğor amaliyotlarni örganiş va ularni hayotga tatbiq etiş hamda aholi salomatligi bilan boğliq muammolarga samarali yeçim topiş mazkur nufuzli anjumanning maqsadlaridan biri böldi, deb xabar bermoqda Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati. 

Foto: Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati
Foto: Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati

Bundan taşqari, JSTTga a'zo 194ta davlat, jumladan, Özbekiston delegatsiyasi iştirok etayotgan mazkur sessiyada xalqaro taşkilotning soğliqni saqlaş sohasi böyiça kuzatilayotgan global muammolar va ularning yeçimlari borasida muhokamalar ötkazildi. Bu yilgi sessiyada atrof-muhit va iqlim özgarişlarining salomatlikka salbiy ta'siri va unga qarşi kuraşiş böyiça yöl xaritasi, dori-darmon va vaksina ta'minoti, noinfeksion kasalliklar profilaktikasi, ayollar, bolalar va ösmirlar salomatligini muhofaza qiliş kabi masalalar böyiça ma'ruzalar qilinmoqda.

Jyeneva safari davomida Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov JSST Boş direktori Tedros Gebreyyesus bilan ikki tomonlama alohida uçraşuv ötkazdi. Özaro muloqotlar çoğida Özbekistonda sönggi yillarda soğliqni saqlaş tizimida olib borilayotgan islohotlar, aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmatlar darajasining oşirilayotgani, şuningdek, sohada qabul qilinayotgan me'yoriy hujjatlar, istiqboldagi rejalar va dasturlar haqida ma'lumot berildi. 

Foto: Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati

Suhbat davomida T.Gebreyyesus mamlakatda prezident Ş.Mirziyoyev boşçiligida hayotga tatbiq etilayotgan barça huquqiy hujjat va dasturlar aholiga ğamxörlikning barça zarur jihatlarini qamrab olayotganligi, Özbekiston tibbiyot tizimida ham özining oqilona strategiyasi, siyosati va ustuvor yönalişlarini belgilab olganligi, islohotlarning yangi bosqiçi bilan boğliq vazifalar amalga oşirilayotganligini e'tirof etdi va uşbu tarixiy voqealarning guvohi böliş maqsadida şu yilning özida Özbekistonga taşrif buyurişini bildirdi. Şuningdek, u Özbekiston va JSST örtasida mamlakat manfaatlarini himoya qiluvçi köp tomonlama özaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirişga har doim tayyor ekanligini ta'kidladi.