Amerika ma'muriyati jamoasi AQŞ va KXDR yetakçilarining uçraşuv maydonini tayyorlaş uçun Singapurga yöl oladi, degan Donald Trampning matbuot kotibi Sara Sanders.
«Oq uyning yetakçi guruhi sammit ötkaziladigan bölsa, tayyorgarlik işlarini köriş uçun rejalaştirilganidek Singapurga jönab ketadi», — degun u jurnalistlarga.
Avvalroq Politico naşri Singapurga Oq uy va Davlat departamentining 30 nafardan ortiq xodimi yöl olişini xabar qilgan edi. Ularning vazifasi — uçraşuv joyida logistika masalalarini hal qiliş edi. Jurnal ma'lumotlariga köra, guruh u yerga yakşanba kuni jönab ketişi kerak edi va uşbu rejalar haligaça öz kuçida turibdi.
Trampning xati
Tramp va Kim Jong Inning uçraşuvi 12 iyunga rejalaştirilgan edi, biroq ikki kun muqaddam AQŞ prezidenti uni bekor qilgan edi. Şimoliy Koreya yetakçisiga yöllagan xatida Tramp Pyongyangning «duşmanona» bayonotlari bois mazkur sammitni ötkazmaslikni maqsadga muvofiq deb topganini bayon qilgan.
Bu bayonot bilan agar KXDR öz yadroviy dasturidan voz keçmasa, voqealar rivoji Liviya ssenariysi böyiça davom etişini e'tibordan qoçirmaslik kerak, deya KXDR va Liviyani tenglagan vitse-prezident Mayk Pens manziliga şimollik koreyslar tomonidan bildirilgan tanqid nazarda tutilgan. Pyongyangdagilar Pensni «siyosiy vaysaqi» deb atab, AQŞdagilarni «heç qaçon boşidan keçirmagan va xayollariga ham keltirmagan» fojiaga giriftor qilib qöyişlari mumkinligidan ogohlantirişgan.
Şu bilan birga Tramp Kim Jong In bilan kelajakda körişişga tayyor ekanligini bildirgan. Şimoliy Koreya TIV bunga javoban sammitni istalgan vaqtda istalgan joyda ötkazişga tayyor ekanliklarini aytişgan.












