Kitob tarğiboti va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirişdek muhim ma'naviy-ma'rifiy masala davlatimizning doimiy e'tiborida bölib kelmoqda. Prezidentimiz Ş.Mirziyoyev yoşlarning kitob öqişga bölgan qiziqişini oşiriş, aholining kitobxonlik könikmasini yanada yuksaltiriş, milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini Internet tarmoqlariga joylaştiriş va ularning keng tarğib qiliş işlariga alohida e'tibor qaratilmoqda.

24–25 may kunlari Samarqand şahridagi Alişer Navoiy nomidagi markaziy istirohat boğida, viloyatning barça tuman va şaharlari markazlarida hamda ta'lim muassasalarida «Kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş — buyuk maqsadlarga erişişning muhim kafolatidir» şiori ostida «Kitob bayrami» tadbirlari taşkil etildi.

Samarqanddagi Alişer Navoiy nomidagi istirohat boğida uyuştirilgan körgazmani viloyat hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari Rustam Qobilov oçib berdi. «Zarafşon» gazetasi boş muharriri, jurnalistlar ijodiy uyuşmasi viloyat bölimi raisi Farmon Toşev qatnaşçilarga öz ezgu tilaklarini bildirdi.

Istirohat boğida turli ta'lim muassasalari, oliygohlar kitoblar körgazmasini taşkil etişgan. Boğning har joyida muşoiralar, kiçik tanlovlar ötkazildi. Yoşlar ittifoqi tomonidan elektron kitoblar körgazmasi ham taşkil qilinib, istovçilarning qurilmalariga özi yoqtirgan kitoblar köçirib berildi. Samarqand davlat çet tillar institutining özbek adabiyoti durdonalarining ingliz tilidagi tarjima kitoblari ham bayramga özgaça tuhfa böldi.