Tashkent sity deya nom olgan innovatsion şahar qurilişi butun Özbekiston aholisi orziqib kutayotgan voqelik hisoblanadi. Uşbu texnologik markaz yurtimizning xalqaro maydondagi imidjini belgilab beradi.

Xöş, davlat ixtiyori uçun olinadigan uşbu hududdagi turar joylar buzilişining qonuniy asosi qanday? Aholi huquqlari qay şaklda himoya qilinadi? Bu masala yuzasidan Şayhontoxur tumani kadastr filiali boşliği, ştab xodimi Nosir Latipov Kun.uz'ga quyidagiça ma'lumot berdi:

“Tashkent sity hududida uy-joylar buzilişi va aholiga boşqa joydan yer ajratiş, kompensatsiya puli beriş masalasi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 29 maydagi “Davlat va jamoat ehtiyojlari uçun yer uçastkalarini olib qöyilişi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik şaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplaş töğrisida Nizomni tasdiqlaş haqida”gi 97-sonli qarorining 9-bandida belgilab berilgan. 

Bu jarayon Şayxontohur tumani Öqçi va Olmazor mahallalaridagi uy-joylarni buzilişi bilan boğliq bölgan masalalar böyiça taşkil etilgan ştabdagi maxsus komissiya (tarkibida tuman hokimi raisligida, tuman prokurori, içki işlar bölimi, davlat soliq inspeksiyasi, tijorat banklari va tegişli vakolatli organlar vakillaridan iborat) körib çiqadi. 

Buziliş röyxatiga tuşgan uylarda yaşagan aholi tegişli tartibda ariza yozadi va işçi komissiya murojaatçining ijtimoiy ahvolini örganib qaror qabul qiladi. Ikki bosqiçda amalga oşirilayotgan komissiya dastlab röyxatda turgan va doimiy yaşayotgan fuqarolarga uy-joy ajratib beriş bilan şuğullanyapti. Bizdagi şu kungi hisobotga köra, Öqçi mahallasi misolida aytadigan bölsak, 1334 oiladan 1279 tasiga öz ixtiyorlari bilan Yaşnobod tumani Obod makon hududidan yangi qurilayotgan xonadon yoki ikkilamçi xonadonlar topşirilmoqda. Qolgan 55 ta oilaga uy beriş jarayoni amalga oşirilyapti. Ikkinçi bosqiçda röyxatda turuvçi, ammo doimiy yaşamaydigan fuqarolar masalasi hal etiladi”.

2017 yil 28 noyabrdagi 1582-sonli Özbekiston Respublikasi Toşkent şahar hokimining “Şayxontohur va Olmazor tumanlarida Tashkent sity xalqaro işbilarmonlik markazi, “Suzuk ota” majmuasi va Islom madaniyati markazi loyihalarini amalga oşiriş yuzasidan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida aytilganidek, buzilişga tuşgan turar joydagi oilalarga yetkazilgan zararni qoplaş Tashkent sity biznes direksiyasi tomonidan amalga oşiriladi. 

Markaz obektida 1138 ta oilaga (aholi ijtimoiy ahvoli örganilgandan söng miqdor oşirildi) 12.75 mlrd. söm (har bir oilaga 8 oy muddat uçun 11.2, mln sömgaça) investorlar orqali Tashkent Sity'da biznes direksiyasi tomonidan amalga oşirilişi nazarda tutilgandi. Bunda har bir oilaga oyiga 1.4 mln.söm mablağ ajratiladi.