Agar kişi bu dunyoda nimagadir qattiq ehtiyojmand bölsa, unga yetişiş uçun imkoni boriça harakat qiladi. Oç qolsa, qornini töyğaziş dardida böladi, kiyimi eskirsa yangisini olaman deydi, maşinaga ehtiyoji bölsa, yemay-içmay maşina uçun pul yiğadi... Bu röyxatni uzoq davom ettiriş mumkin.
Yuqorida sanab ötganlarimiz insonning hayotiy dunyodagi ehtiyojlaridir. Ammo ötkinçi. Oxiratda tuğiladigan ehtiyoj eng keraklisi va erişiş qiyin bölganidir. Masalan, qiyomat kunida barça insoniyat quyoş tiği ostida bölganida, tillar tanglayga yopişib, çanqoqlik azobi tutganda, holsizlik va jazirama qiynaganda, kişining nimaga ehtiyoji böladi? Albatta, soya-salqin joyga. Ammo qiyomat kuni bunday joyning özi bölmaydi, biroq... Biroq Alloh taolo ayrim bandalariga öşa kuni ham mehribonlik körsatib, ularni soya ostiga olar ekan. Xöş, ular kimlar?
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Alloh taolo heç qanday soya bölmagan qiyomat kunida 7 toifa odamga soya beradi. Bular quyidagi toifa odamlardir:
1. Odil hukmron;
Çunki odil hukmron davlatini taraqqiy etişida ulkan hissa qöşadi, xalqining farovon yaşaşiga, uning huquqlari yuqori turişiga sababçi böladi.
2. Yoşlikdan Allohning itoatida va ibodatida ulğayib ösgan odam;
Ayni kuç-ğayratga tölgan, har qanday gunoh qilişga qodir bölib turgan yoşlik paytida Allohning ibodatida bölgan banda qiyomatda ana şunday baxtga erişadi.
3. Qalbi masjidga boğlangan odam (ya'ni, farz namozlarini jamoat bilan masjidda öqiydigan odam);
Allohning ibodatini Allohning uyida qiliş ana şunday saodatga erişişga sababçi bölar ekan.
4. Bir-biri bilan Allohning roziligi uçun (ya'ni, Alloh yölida) döstlaşgan ikki odam;
Döstlik samimiy bölsa, örtaga şayton aralaşmasa ikki dunyo yaxşiligiga olib boruvçi baxt hisoblanadi.
5. Gözal va obröga ega bölgan ayol zinoga çorlagan paytda, bunga rozi bölmasdan: “Men Allohdan qörqaman”, degan odam;
Zino – ulkan gunoh. Buning ortidan turli baxtsizliklar, musibatlar keladi. Ammo şayton hamma yerda hoziru nozir. Yuqorida keltirilgan holda zino qilmay, Allohning körib turganini his qilib, bu işdan qaytsa, unga qiyomat kuni ana şunday mukofot berilar ekan.











