“Kun hadisi” dasturining bugungi sonida taqdim etiladigan hadis mazmuni «Yomonlikdan qaytariş», deb nomlanadi. Bu mavzu haqidagi hadisni Toşkent şahridagi “Tölqin Akrom öğli” masjidi imom-xatibi Sahobiddin Sotimov şarhlab berdi.

Video: Youtube

Video: mover.uz Tas-IX)

Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Qaysi biringiz bir yomonlikni körsa, uni qöli bilan tuzatsin. Agar (qöli bilan qaytarişga) kuçi yetmasa, tili bilan qaytarsin. Bunga ham kuçi yetmasa, qalban yomon körsin. Bu esa imonning eng zaif darajasidir» (Muslim rivoyati).

«Bu esa imonning eng zaif darajasidir». Bundan maqsad ojiz bir kişi qalban yomon körsa, boşqalarga nisbatan uning imoni eng zaif ekanini anglatmaydi. Balki imonning eng quyi darajasida deganidir. Bu amal imonning yomonlikdan qaytariş xususida eng ustun saviyadagi mevasi (natijasi) qöli bilan qaytarişdir. Alloh taolo deydi:

«Ey öğilçam, namozni tökis ado et, yaxşilikka buyur va yomonlikdan qaytar hamda özingga yetgan (balolarga) sabr qil!»

Tili bilan qaytarişga kuçi yetadigan kişi, unga quloq solmasalar ham vazifasini ado etişi vojib. Huddi salomga alik olmasliklarini bilgan holda ham salom beriş lozimligiga öxşaş.

Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamning «Agar iloji yetmasa, tili bilan, bunga ham iloji yetmasa qalbi bilan...» sözlaridan Qalbi bilan ham iloji yetmasa boşqa narsa qilmasligini vojib qiladimi?» dyegan savol tuğilsa, bunga ikki şaklda javob beriş mumkin:

1. Bu hadisdan anglaşiladigan ma'no «Özingga yetgan (balolar)ga sabr qil!» oyati bilan ajratilgan.

2. Hadisda közda tutilgan buyruq taqiqlangan narsalardan qaytarişga tegişlidir, mustahab bölgan amallardan qaytariş uçun emas.