“Kun hadisi” dasturining bugungi sonida taqdim etiladigan hadis mazmuni “Yordamlaşiş va ilm”, deb nomlanadi. Bu mavzu haqidagi hadisni Toşkent şahridagi “Novza” masjidi imom-xatibi Jaloliddin Hamroqulov şarhlab berdi.
Video: Yotube
Abu Hurayradan (r.a) rivoyat qilinadi:
Payğambarimiz sallollohu alayhi vasallam aytdilar: “Kim dunyoda bir möminni dunyo ğamlaridan birini yengillatsa, Alloh taolo uning dunyo va oxirat ğamlarini yengillatadi. Kim bir möminning qiyinçiligini osonlaştirsa, Alloh taolo öşa insonni dunyo va oxiratda muşkulini oson qiladi. Kim musulmonning aybini yaşirsa, Alloh taolo dunyo va oxiratda uning aybini yaşiradi. Banda, modomiki, birodarining yordamida ekan, Alloh taolo ham öşa bandaning yordamidadur. Kim Alloh yölida ilm izlab yölga çiqsa, Alloh taolo öşa bandaga jannat yölini osonlaştirib qöyadi”.
Bu dunyo insonlarning ahil-inoqçiligi maydonidir. Atrofimizdagi insonlarga qança muruvvat körsatsak, ularning oğirini yengil, uzoğini yaqin qilişga intilsak, Alloh taolo nafaqat dunyoviy işlarimizga, balki oxiratdagi işlarimizda ham kömakçi böliş va'dasi berilmoqda.
Mömin odam möminning birodaridir. Aslida, biz insonlarga bir tuyğu bilan qaraşimiz zarur. Barçamizning ota va onamiz bir. Allohning oldida darajamiz taqvo ila ölçanadi. Biz insonlar Alloh taoloning yerdagi örinbosarlarimiz. Inson dunyoni obod qiliş uçun yaratilgan bölib, u zulmdan yiroq bölişi tayinlangan. Agar biz bir-birovimizga yaxşilik ilinsak, muruvvat körsatsak Alloh taolo har ikki dunyoimizni ham obod qiladi, bizga yordamçi va kömakçi böladi.












