2018 yilning 28 may kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Hay'atiga vazir örinbosari etib tayinlangan Dilşod Axatov taniştirildi, deb xabar bermoqda TIV axborot xizmati.
D.Axatov bunga qadar TIVning Yevropa mamlakatlari va NATO bilan hamkorlik boşqarmasi boşliği, Germaniya Federativ Respublikasidagi favqulodda va muxtor elçi lavozimlarida işlagan.
Şuningdek, TIV Konsullik huquqiy departamenti boşliği etib tayinlangan Ulfat Qodirov ham taniştirildi. U ilgari Turkiya Respublikasida favqulodda va muxtor elçi lavozimida işlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston TIVda yangi lavozim tayinlovi röy bergandi.










