Vazirlar Mahkamasining "Özbekiston Respublikasi fuqarolarining çet ellarda işga joylaşiş tizimini takomillaştiriş va tubdan qayta isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida"gi qaror loyihasi taqdim etildi. Loyihada "Özbekiston Respublikasi fuqarolarini çet mamlakatlarda iş bilan ta'minlaş faoliyatini litsenziyalaş tartibi töğrisida"gi nizomi ilova qilingan. 

Loyihaga muvofiq, Özbekistondagi yuridik şaxslar ham fuqarolarimizni xorijda işga joylaşga doir xizmatlarni körsatiş va kömak beriş bilan şuğullanişlari mumkin. Faqat buning uçun Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan beriluvçi litsenziyaga ega böliş talab etiladi.

Kadrlar agentligini oçiş uçun quyidagi qoidalarga amal qiliş kerak:
- kamida bir nafar oliy yuridik ma'lumotga ega mutaxassisga ega böliş;
- davlat tili, rus tili, ingliz tili va/yoki boşqa xorijiy tillarda erkin sözlaşuvçi kamida bir xodimga ega böliş;
- röyxatga oliş vaqtida Özbekiston Respublikasi minimal iş haqining kamida 5000 baravari hajmida ustav fondini şakllantiriş;
- xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiruvçi fuqarolarni qöllab-quvvatlaş va manfaatlarini himoyalaş fondiga 50 ming AQŞ dollari hajmida zaxira kiritiş;
- iş haqi ta'minoti normalari va yaşaş uçun munosib şart-şaroitlar yaratiş me'yorlariga rioya qiliş, şuningdek işçi migrantlarga işga joylaşayotgan mamlakatda rasman belgilangan eng kam iş haqidan kam bölmagan darajadagi iş bilan ta'minlaş.

Kadrlar agentligi şuningdek mehnat migrantlarining dastlabki öquv-tayyorgarlik, adaptatsion kurslardan ötişini ham taşkillaştiriş majburiyatini oladi.

Lisenziya beriş, rasmiylaştiriş, qayta rasmiylaştiriş, töxtatiş, bekor qiliş bilan işçi organ şuğullanadi. 

Lisenziyalar uçun minimal iş haqining uç baravari miqdoridagi yiğim amalga oşiriladi.

Fuqarolarning çet elda işga joylaşişiga doir litsenziya 5 yillik muddatga beriladi.

Lisenziya beruvçi organ - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, işçi organ esa - Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi hisoblanadi.