Birinçi çorakda Özbekiston MDH mamlakatlari orasida xalqaro rivojlaniş banklarining eng köp miqdorda suveren moliyalaştirişini olişga erişdi. Bu haqda Yevropa taraqqiyot bankining Xalqaro taraqqiyot banklari investitsion faoliyati şarhida aytilgan, deb yozmoqda Spot.
Özbekiston 841 million dollarni jalb qildi, bu umumiy hajmning 78 foizini taşkil etadi. Mablağlar «Agrosanoat kompleksi», «Energiya va EI», «Şahar infratuzilmasi» va «Davlat boşqaruvi» tarmoqlari loyihalariga yönaltiriladi.
Masalan, Tojikistonda investitsiyalar katta qismi OTBning «Transport va TI» sektoriga 90 mln dollar miqdoridagi zayomi hissasiga töğri keladi (bu umumiy hajmning 10%i).
Belarusda moliyalaştirişning asosiy qismi YeTTBning «Transport va TI» sektoriga 55 mln dollar miqdoridagi zayomi hissasiga töğri keladi (bu umumiy hajmning 6,4 foizi).
Qirğiziston (5%), Moldova (1%) va Ukrainada (0,04%) investitsiyalar Jahon banki Guruhlarining kreditlari hisobidan amalga oşmoqda.
Armanistonda (0,1%), YeFSR va JB guruhi ijtimoiy sohada va «Tabiiy resurslar va kon» sohasida loyihalarni moliyalaştirdi.
Qozoğistonda (0,03%) OTB kiçik va örta biznesni rivojlantiriş hamda tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş uçun texnik yordam körsatdi.
2018 yilning birinçi çoragida eng köp miqdorda suveren moliyalaştiriş agrosanoat sektorida (46%) taqdim etildi. Uşbu sohaga kiritilgan investitsiyalarning hajmi 500 mln AQŞ dollarini taşkil etadi va XTTB/ XRAning Özbekistonga zayomi hissasiga töğri keladi.
Loyiha boğdorçilikni rivojlantiriş loyihasini qöşimça moliyalaştirişga yönaltirilgan bölib, bu sektorning samaradorligini va daromadliligini oşirişga qaratilgan.
Energetika sohasiga yönaltirilgan investitsiyalarning hajmi (18%) 200 mln AQŞ dollarini taşkil etadi.
Şaharlar infratuzilmasi sohasida loyihalarning umumiy miqdori (14%) 157 million dollarni taşkil etadi.











