AKFA kompaniyalar guruhi tarkibidagi BENKAM kompaniyasi AQŞ, Kanada va boşqa mamlakatlarga alyumin profillarini eksport qilişni boşladi.

Alyumin va pvx profillar, işlab çiqariş bilan ommaga tanilgan AKFA kompaniyasi tarkibidagi BENKAM 2015-yildan öz faoliyatini boşlagan. Yangi kompaniya Özbekiston-Yevropa qöşma loyihasidir. Asosiy maqsad – sifatli alyumin profillarni işlab çiqarib, Markaziy Osiyo, Yevropa va çet el mamalakatlariga eksport qilişdan iborat.

Foto: AKFA 

BENKAM – bu töliq avtomatlaştirilgan işlab çiqariş bölib, bu yerda alyumin profillarni har qanday murakkab çizmalari asosida işlab çiqariş mumkin. Işlab çiqariş öz içiga ekstruziyadan taşqari, profilni anodlaş va böyaşni öz içiga oladi. Har bir mijoz quyidagi xizmatlar bilan kafolatlanadi:

• Yuqori sifatli mahsulot. Taşkilotga ISO sifat tizimi joriy etilgan, barça buyurtmalar eN standartlariga mos keladi.

• Yaxşi işlab çiqilgan logistika. Kompaniya Markaziy Osiyo, Navoiy eIZda joylaşgan. Zavoddan bir kilometr masofada Navoiy ayeroporti va temiryöl stansiyasi joylaşgan. Oldida esa mijozlarga profillarni tezda yetkazib berişga imkon beruvçi avtomagistrallar faoliyat yuritadi.

2018-yilning yanvarida işlab çiqariş jadallaşdi – yiliga 36 ming tonna profil işlab çiqariş kuçiga ega. Eksport mahsulotlari MDH, Germaniya, Polşa, Litva, AQŞ, Kanada va boşqa mamlakatlarga jönatildi.

Foto: AKFA 

Jahon kompaniyalari Özbekistonning sifatli alyumin profillari bilan qiziqişni boşladi. Jumladan, 2016-yilda Dusseldorf Messe (Germaniya) körgazmasida BENKAM xodimlari 127 mijoz bazasini jamlaşdi va Yevropa davlatlariga mahsulot yetkazib beriş uçun yirik şartnomalar imzolaşdi. 2018-yilda yanada kengaygan işlab çiqariş quvvatlari va yölga qöyilgan logistika tizimi bilan kompaniya yana körgazmada qatnaşdi.

"Bizning mahsulot butun dunyoga Özbekistonda qulay narxlarda jahon standartlariga muvofiq işlab çiqariş mavjudligini namoyon etmoqda. Bu bizning davlatimizga qiziqiş uyğotişi bilan birga, bizning oldimizga yangi vazifalarni ham qöymoqda”, - deb ta'kidladi işlab çiqariş korxona rahbari.