Şveytsariyaning Jyeneva şahrida bölib ötayotgan 107-Xalqaro mehnat konferensiyasi doirasida Özbekiston delegatsiyasi Xalqaro mehnat taşkiloti boş direktori Gay Rayder bilan uçraşdi.

«Uçraşuvda janob Rayder Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev rahbarligida Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarning natijadorligi va samaradorligi alohida ta'kidladi. Respublikada bolalar va majburiy mehnatga töliq barham beriş böyiça qabul qilingan çora-tadbirlar alohida qayd etildi. Janob Rayder Xalqaro mehnat taşkiloti (HMT) va Özbekiston Respublikasi örtasida aholini munosib, töliq va samarali mehnat qiliş tamoyillarini tarğib qiliş masalalari böyiça hamkorlikni kengaytiriş zarurligini ta'kidladi.

Uçraşuv davomida HMT Boş direktori Özbekiston Respublikasi Boş vaziri A.Aripovning taklifiga binoan Özbekistonga taşrif buyurişi ta'kidlandi. G. Rayder dekabr oyida Toşkentda bölib ötadigan xalqaro mehnat konferensiya doirasida mamlakatimizga taşrif buyurişi rejalaştirilgan.

107-Xalqaro mehnat konferensiyasida Özbekiston delegatsiyasi tarkibida boş vazir örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi T.Norbayeva, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Ş.Qudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov va Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi kengaşi raisining örinbosari B.Maxmadaliyev iştirok etdi», deyilgan xabarda.