COVID-19 pandemiyasining global ta'siri dunyodagi favqulodda tibbiy-sanitariya doirasidan ança çetga çiqib ketdi. Hozirda kelajagimizning barça jabhalari – iqtisodiy, ijtimoiy, taraqqiyot sohalari va köpgina boşqa yönalişlar jiddiy xavf ostiga tuşib qoldi. Biz bunga global darajada, tezkor va muvofiqlaşgan ravişda javob berişimiz şart va bunda yordamga muhtoj bölgan şaxslar bunday yordamni zudlik bilan olişlariga imkon yaratişimiz öta muhimdir.
Iş joylarida, korxona va taşkilotlarda, mamlakatlar iqtisodiyotlari va jahon xöjaligida töğri qaror qabul qiliş uçun hukumatlar va oldingi frontdagilar, ya'ni işçilar va iş beruvçilar orasida ijtimoiy dialog örnatmoq lozim. Yaşayotgan asrimizning yigirmançi yillari ötgan asrning öttizinçi yillaridagi voqealarni takrorlamasligi kerak.
XMT tahlillariga köra, dunyo miqyosida 25 million nafargaça odamlar işsiz qolişi, işçilar daromadlaridagi yöqotişlar esa 3,4 trillion AQŞ dollarini taşkil etişi kutilmoqda. Ammo hozirning özida şu narsa ma'lumki, keltirilgan raqamlar köriladigan zarar kölamini tölaqonli ifoda eta olmaydi.
Pandemiya mehnat bozorlarimizning zaif joylarini ayovsiz oçib berdi. Ham yirik, ham kiçik korxonalar faoliyati töxtab qoldi, iş vaqti qisqardi, xodimlar işdan böşatilmoqda. Savdo markazlari va restoranlarning yopilişi, aviareyslarning va mehmonxona buyurtmalarning bekor qilinişi, korxona va taşkilotlarda masofadan turib işlaş rejimiga ötilişi köpçilikni kasod jarligi yoqasiga keltirib qöydi. Qolaversa, şundoq ham barqaror işga ega bölmagan odamlar, ya'ni sotuvçilar, ofitsiantlar, oşxona xodimlari, yuk ortuvçilar, farroşlar kabi xodimlar birinçilardan bölib işdan böşaşiga töğri kelmoqda.
Har beş kişidan bir kişi işsizlik nafaqasiga ega böliş huquqida yaşayotgan dunyoda millionlab kişilar uçun işdan böşaş halokatga teng holat. Barçamiz hozirda boğliq bölib turgan odamlar, ya'ni ijtimoiy va kurerlik xizmatlarining köpçilik xodimlari kasallik ta'tillarini ola olmaydilar va köp hollarda, ular kasal böla turib, işlaşni davom ettirişga majbur bölmoqdalar. Rivojlanayotgan mamlakatlarda işbay işçilar, mardikorlar va norasmiy savdogarlar ham şu ahvoldalar, zero ular ham oilalarini boqişi kerak. Natijada esa hammamiz jabr köramiz: bu nafaqat virus tarqalişini tezlaştiradi, balki qaşşoqlik va tengsizlikni yanada kuçaytiradi.
Bizda millionlab iş joylari va korxonalarni saqlab qolişning imkoni bor, lekin buning uçun hukumatlar korxonalarning töxtovsiz işlaşini ta'minlaydigan, işdan böşatişlarni oldini oladigan va zaif toifadagi xodimlarni himoyalay oladigan qat'iy çoralarni körişi zarur böladi. Şuni aniq tuşunişimiz kerakki, ular bugun qabul qilayotgan qarorlar uzoq muddatdagi jamiyat va iqtisodiyotning ahvolini belgilab beradi.













