Qaçonlardir Orolböyi yoki Orol dengizi deb atalganda, öz nomiga mos viqor bilan mehmonlarni öziga jalb etgan suv havzasi haqida heç qanday ijobiy xotiralarim mavjud emas. Esimni tanibmanki, u haqda faqat vahimali, ba'zan u yoki bu sayyohlarning kelib qolgani haqidagi xabarlarni öqiyman.
Ma'lumotlarga köra, 1964 yili Orolning maydoni 68,9 ming km kv. bölgan, undagi suv hajmi esa 1083 km kubdan oşgandi. Har yili Oroldan 30-35 ming tonna baliq olingan, unda 38 turdagi baliqlar yaşagan. Eng muhimi, şu raqamlar butun Özbekistonning 80 foiz baliqçilik sanoatini taşkil etgandi.
1960 yillar oxiridan bunday tabiat möjizasi quriy boşladi, uning yer maydoni şörlaşdi. Oroldagi suv hajmi 15 barobar, dengiz sathi 29 metrga qisqardi. Ayni paytda Oroldagi bir litr suv tarkibida 150-300 grammgaça tuz mavjud. Okeandagi şör suvda (18-24 gr.) ham bunday emas, aslida.

Baliqlardan biror tur ham saqlanib qolmadi. Orolböyida yaşagan Osiyo gepardi, Kaspiy yölbarsi, Ustyurt qulonlarining sönggi vakillari jon berdi. Yöqolib ketiş xavfida bölgan ösimlik va hayvonlar röyxatini hali uzoq davom ettiriş mumkin.
Endi har yili 100 million tonnagaça tuz-qum böroni havoga kötariladi. Oğriqli dardning "elçisi" deyarli 400 kmgaça uçib boradi. Qoraqalpoğiston Respublikasida surunkali bronxit bilan kasallangan kişilar har 100 ming nafardan 2010 yili 521 nafarni taşkil etgan bölsa, bu son 2016 yili 1046 taga oşdi.
Umuman sanoatga yetgan zarar 40 million, işlab çiqariş sohasidagi zarar esa 99 million dollardan ortiqqa baholanadi.
Orolning qon tomiri - Amudaryo va Sirdaryo havzasidan foydalaniş muammosiga muqobil yeçim böla oladi. Amudaryo resurslaridan Özbekiston tomoni 4 foiz, Sirdaryodan esa 6 foiz foydalanadi. Öz örnida Tojikiston Amu suvlarining 39 foizi, Qirğiziston Sirdaryo boyliklaridan 23 foizini tasarruf etadi.
Biz yoşligimizdan körib, eşitib, öqib kelgan "vahima" aslida haqiqatga yaqin muammo ekanini guvohi bölgandirmiz. Zero, tuz-qum böroni tözğigan osmonda odamlar ham, hayvonot ham uzoq yaşolmasdi.
Alişer Rözioxunov











