«Öztransgaz» aksiyadorlik kompaniyasi boşqaruvi raisi Alişer Sayfullayeviç Mustafoyev vazifasidan ozod etilgan. Kompaniya matbuot xizmati xabariga köra, ayni vaqtda kompaniyaga Şarifjon Ahmedoviç Tursunov yangi rahbar bölgan.
Şarifjon Tursunov bungaça Majburiy ijro byurosi tizimida faoliyat körsatib kelayotgandi.
Qayd etiş kerakki, bu kompaniya rahbari 2016 yil dekabridan buyon uçinçi marta özgarişi böldi.
Öz vaqtida boş vazir örinbosari bölgan Ergaş Şoismatov 2016 yil dekabrida Şukurullo Mahmudov «Öztransgaz» kompaniyasi boşqaruvi raisligiga tayinlangan, 2017 yil avgustida u boşqa işga ötişi munosabati bilan uning örnini Alişer Mustafoyev egallagandi.
Ayni vaqtda Alişer Mustafoyevning keyingi iş joyi ma'lum emas, Ergaş Şoismatov şu yilning fevralidan buyon Özbekistonning Tojikistondagi elçisi sifatida faoliyat körsatmoqda.
















