Özbekiston velosiped sporti Federatsiyasi tomonidan Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasi kömagida Toşkent şahar, Yunusobod tumanida joylaşgan 133-maktabgaça ta'lim muassasasida “1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni” munosabati bilan sport musobaqasi taşkil etildi.

Musobaqada muassasa tarbiyalanuvçilari ikki guruhga bölinib, özaro bellaşişdi. Musobaqa kötarinki kayfiyatda ötdi. Tadbir sport bayramiga aylanib ketdi. Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni arafasida ularga bayramona kayfiyat ulaşildi.


Musobaqa davomida Milliy Olimpiya qömitasi Olimpiya harakati va sport tadbirlari Departamenti direktori Oybek Gafurov sözga çiqib, musobaqa qatnaşçilari va muassasa tarbiyalanuvçilarini bayram bilan tabriklab, uşbu musobaqa nafaqat bayram munosabati bilan, balki bundan buyon doimo ötkazilişini, bu borada Milliy Olimpiya qömitasi öz yordamini ayamasligini ta'kidlab ötdi.


Musobaqa söngida ğoliblar diplom va medallar bilan taqdirlanib, barça iştirokçilarga esdalik sovğalari topşirildi.

















