
Innovatsion texnologiya olamida deyarli har kuni yangi ixtirolar yaratiladi. Bu safar paydo bölgan yangi gadjyet barçani qiziqtirişi tabiiy, negaki u haqiqiy özbekona ruhda yaratildi.
Toşkentdagi Inha universiteti talabasi Doston Mardiyev erkaklar döppisidan boşqa foydali maqsadda ham foydalaniş mumkinligini körsatib berdi.«Aqlli» döppi endilikda uzoq manzilga otlangan haydovçilarning beminnat yordamçisiga aylana oladi. Smart döppi mudroq bosgan haydovçini xuşiga keltiradi, köngilsiz hodisalarni çamalay oladi. Bu haqda muallif şunday dedi:
“Uşbu startapni yaratişimga turtki bölgan voqea – ijtimoiy tarmoqlarda ötkazilgan döppi kiyiş fleşmobi bölgan. Aytiş lozimki, şundan keyin yoşlarimiz orasida bu öziga xos urfga aylandi. Men ham bu tarğibotga öz hissamni qöşişga ahd qildim va 10 kun davomida gadjyetimni yaratdim.
Işlaş prinsipiga töxtaladigan bölsak, döppining ikki yoniga tebranuvçi moslama hamda öçirib-yoqiş tugmasini örnatdim. Uni kiyişdan oldin tugma bosiladi. Bilamizki, uzoq masofa haydovçini ança toliqtiradi. Tabiiyki, insonda mudraş holati kuzatiladi va bunda boşingiz har tarafga tebranadi. Şunday paytda gadjyet buni sezadi va vibratsion qurilma işga tuşadi. Tebraniş haydovçini uyğotadi”.
Mardiyev qurilmani yanada ommaviylaştirişda uni turli funksiyalar bilan boyitişni maqsad qilgan. Ixtiroçi talaba kelgusida döppining mobil ilovasini yaratişni rejalaştirmoqda. Uning ta'kidlaşiça, avtohalokat sodir bölsa, uning joylaşuvini aniqlab beradigan GPS tizimi döppiga örnatiladi. Şuningdek, «avtomatik qönğiroq» funksiyasi ham paydo böladi. Haydovçi döppining tebranişiga ham uyğonmaydigan bölsa, obektga eng yaqin bölgan Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi, Içki işlar tayanç punktiga qönğiroq amalga oşiriladi va voqea haqida ma'lumot beriladi.
Muhabbat Ma'mirova











