2018 yilning 30 mayidan 2 iyuniga qadar “Özekspomarkaz” AJ MKKning №№1-2 pavilonlari va oçiq maydonlarida birvarakayiga 2ta körgazma bölib ötadi: XIII «Uzbekistan Agrotech Expo–2018» Respublika qişloq xöjaligi uçun zamonaviy uskunalar va texnologiyalar xalqaro ixtisoslaştirilgan körgazma-yarmarkasi va VII «Uzbekistan Agromash Expo–2018» qişloq xöjaligi texnikasi va maşinalari körgazmalari.
Körgazmalar quyidagi bölimlarni öz içiga oladi: “Meva va sabzavot mahsulotlarini işlab çiqariş va qayta işlab çiqariş”, “Muzlatgiç va muzlatiş uskunalari”, “Meva va sabzavotlarni quritiş uskunalari”, “Non va non mahsulotlarini işlab çiqariş”, “Boğdorçilik texnologiyalari”, “Issiqxona komplekslari”, “Ösimliklarni himoyalovçi kimyoviy dori vositalari”, “Çorvaçilik, parrandaçilik va asalariçilikni rivojlantiriş texnologiya va uskunalari”, “Göşt va baliq mahsulotlarini işlab çiqariş va qayta işlaş”, “Sut va sut mahsulotlarini qayta işlaş”, “Veterinariya” va “Qişloq xöjaligi texnikasi”.
Körgazmada 110 dan ortiq korxonalar iştirok etişmoqda, ulardan 71 tasi xorijiy korxonalardir. Şular jumlasidan:
- Germaniyadan “Happel”, “GEA”, “Buschhoff”, “BDW Feedmill”, “Haller AG”, “Agrokraft GmbH”korxonalari;
- AQŞdan “John Deere” korxonasi;
- Italiyadan “Advice & Consulting”, “Spaggiari La Mecanica”, “Ferrari
- CostruzioniMeccanicheSrl”, “L. GobbiSrl”, “OCMIS Irrigazione”, “Roter Italia Srl”, “RovattiPompe Spa”, “Futura Srl”, “Cold Energy Srl” korxonalari;
- Turkiyadan “European Greenhouse”, “PorlanmazMakine Metal TekstilInsaatHirdavatSan.Tic.LtdSti”, “EskibarajTarim” korxonalari;
- Koreyaning “Farmsko Co. Ltd”, “Yuk-IL Co. Ltd”, “Myung Sung Placon
- Co. Ltd”, «Doo-Jin Construction Co.” korxonalari;
- Isroilning “Adama”;
- Rossiyaning AO "Şebekinskiy maşinostroitelnyy zavod", AO
- "Melinvest", OOO "SiSort";
- Ispaniyaning “RufepaTecnoagro”;
- Niderlandiyadan “DelflandAsia BV”;
- Qozoğistonning TOO "DeLaval", TOO “ALEM AGRO HOLDING” korxonalari;
- Ukrainaning PrAT "Mogiliv-Podilskiy maşzavod" korxonalari şular jumlasidandir.
Körgazmalar umumiy hisobda 4 000 kv.m.ni öz içiga oladi.
Körgazma maydonlarida agrosanoat kompleksi uçun keng kölamdagi texnologiyalar, mexanizm va uskunalar, qişloq xöjaligi mahsulotlarini işlab çiqariş va qayta işlaş, fermer xöjaliklari uçun, modernizatsiya qilingan issiqxonalar, sovutiş uskunalari va şu turdagi texnikalarning taqdimoti bölib ötadi.











