Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 29 avgustdagi qarori bilan «Xavfsiz şahar» majmuasi bosqiçma-bosqiç amalga oşirilişi közda tutilgan. “Xavfsiz şahar” dasturi böyiça joriy yilning 1 iyunidan boşlab Andijon şahridagi 7 ta çorrahada kuzatuv kameralari işga tuşirildi, deyiladi Andijon viloyati IIB matbuot xizmati tomonidan taqdim qilingan ma'lumotda.

Yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş, sodir etilişi mumkin bölgan köngilsiz holatlarning oldini oliş, qoidabuzarliklar sonini kamaytiriş hamda yöllarda harakatlaniş madaniyatini oşiriş maqsadida Andijon şahrining transport vositalari serqatnov bölgan çorrahalariga jami 98ta videokuzatuv kamerasi örnatildi. Şundan 53tasi qoidabuzarliklarni aniqlaş uçun bölsa, yana 45tasi videokuzatuvni amalga oşiriş uçun işga tuşirildi. Mazkur kameralar orqali qayd etilayotgan holatlar Andijon viloyati IIB navbatçilik qismida taşkil etilgan boşqaruv tizimiga foto va videotasvir hamda yöl harakati qoidalarini buzganligi yuzasidan onlayn ravişda şişa tolali kabel orqali yetkazib berilmoqda.

Avtomatlaştirilgan boşqaruv tizimi orqali svetoforning taqiqlovçi işorasiga böysunmaslik, yöl çiziği talablariga rioya etmaslik, qarama-qarşi harakatlaniş, töxtatiş va töxtab turiş qoidalarini buziş qodabuzarliklari aniqlanadi. U doimiy ravişda xodimlar tomonidan nazorat qilib boriladi. Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov boşçiligidagi mutasaddi rahbarlarga mazkur tizimning iş faoliyati, uning imkoniyatlari atrofliça tuşuntirib ötildi.
Viloyat rahbari tomonidan start tugmasi bosilib, soat 9:00dan boşlab qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda qayd etiş tizimi işga tuşdi.
15:00ga qadar ötgan 6 soat mobaynida jami transportlar soni 178937tani, jami qoidabuzarliklar 2678tani taşkil qildi. Şundan svetoforning qizil çiroğiga 1729ta, yöl çiziği talablariga rioya etmaslik böyiça 935ta, töxtatiş va töxtab turiş qoidalarini buziş böyiça 12ta, qarama-qarşi harakatlaniş böyiça 2ta qoidabuzarlik qayd etildi.
















