Öğrilar olamida maşhur gap yuradi: “Öğrining oxirgi öğirligi bölmaydi, oxirgisida qölga tuşib qoladi, xolos!” Zidan futbolçiligida ham, murabbiyligida ham “qölga tuşib qolmadi”. Uning xarakteri şu yerda katta sahnaga çiqdi. Insonning me'dasi va közi töq bölsagina, eng katta natijani qölga kiritgan payti “böldi”, deb töxtata oladi öyinini.

Şu paytga dovur “eng zör qaytişlar” haqida eşitgandim, öqigandim. Lekin “buyuk ketiş”, “öz vaqtida çiqib keta oliş” kabi nominatsiyalar tuzilmagan ekan. Nari borsa, Kantona eslanardi va... futbolçi Zidan. Ularning soni köp emasligiga esa, inson faktori, nafs faktori sababdir.
Zayniddinning faoliyati şu qadar qiziqki, hatto matematika ojiz qolmoqda: ikki yarim yil işlab YeÇLning 3 ta kubogini yengib olyapti. Hisob-kitobga köra uç yil işlaş kerakku?! Futbolçi Zidan va murabbiy Zidan qölga kiritgan sovrinlar taqqoslanganda ham, murabbiy Zidan 16 yil töp tepgan yoşligini ortda qoldirdi. Vaholanki, uning futbolçilik davri yorqinroq va öziga xosroq edi. Natijaga kelganda, murabbiy Zidan juda omadli va juda işonçli çiqib qoldi.

Aslida, murabbiy Zidanning 2 yarim yil içida qölga kiritgan natijalari zamirida ön yil davomida “Real” futbol maktabida faoliyat yuritgani, segundadagi jamoani boşqargani, xullas, qora mehnatda pişgani yotibdi. Bularni biz körmaganmiz, hatto esimizda ham yöq. Biz uçun “murabbiy Zidan keldiyu hamma narsani yengib ketdi” bölib gavdalanmoqda. Yöq, yöq, unday deydigan bölsak, Zayniddinning ğalabalarini tasodifga va faqat omadga yöyib qöygan bölamiz, u bu manzilga uzoq zahmat çekib kelganini unutmasligimiz lozim. Katta mehnatlar tufayli Zizu şunday mukofotlandi.

Zidanning keçagi qarorini men şaxsan qöllayman. Çunki qirollik klubidan mana şunday şaraf bilan ketişning boşqa çorasi yöq edi. “Real” öz yulduzlarini keraksiz bölib qolganda qanday kuzatib qöyişini bizdan köra u yaxşiroq biladi. Hatto millionlab muxlislari qolişini istagan Del Boskeni ham rahbariyat xayrlaşuv keçasisiz kuzatgan, eşikning oldigaça kelib, “böpti, körişgunça!”, deb qöl uzatgan va... eşikni yopib qöygan edi. Faqatgina Zidan “Real”dan şunday ketmoqda. Asriy an'anasiga sadoqat bilan yondoşişga qöymadi qirollik klubini. Zör, a?!













