O‘zbekiston | 18:45 / 01.06.2018
11997
2 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev: odamlarning yuragiga qo‘l solib, ularni rozi qilish siyosatimizning bosh maqsadidir

Prezident Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi Xirmontepa mahallasiga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ma'lumki, mamlakatda «Obod qishloq» dasturi asosida qishloq joylar tartibga keltirilmoqda. Endi shaharlar uchun «Obod mahalla» dasturi ishlab chiqilmoqda. 

Xirmontepa mahallasi tajriba tariqasida ushbu konsepsiya asosida obod qilindi. Hududda joylashgan 24 ta ko‘p qavatli uy ta'mirlandi. Mahalla idorasi xodimlari, profilaktika inspektorlari uchun bino, kommunal to‘lovlar shoxobchasi, bolalar va sport maydonchalari barpo etilmoqda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va bemorlarga yordam berilmoqda.

Prezident mazkur mahalla faollari, ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi va bolalar bilan suhbatlashdi. 

Odamlarning yuragiga qo‘l solib, ularni rozi qilish siyosatimizning bosh maqsadidir, dedi Shavkat Mirziyoyev. Biz shu tarzda hamma mahallalarni birma-bir obod qilamiz.

Xalqimiz rozi bo‘lib yashashi uchun zarur sharoit yaratamiz.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid