KUN.UZ tahririyatiga Xorazm viloyati, Gurlan tumani, Saxtiyon qişloğidagi «Saxtiyon» mahallasida istiqomat qiluvçi fuqarolar murojaat qilişdi.
Xatda mahallada ijtimoiy muammolar mavjudligi, xususan maktab, boğça, guzar yöqligidan şikoyat qilingan edi. Vaziyatni örganiş uçun Gurlan tumaniga bordik. «Saxtiyon» mahallasi fuqarolar yiğini idorasida murojaatçilar bilan uçraşdik.

Saxtiyon qişloği Gurlan tumanida joylaşgan bölib, 4ta mahalladan iborat - «Obod», «Çakkalar», «Saxtiyon» va «Vatanparvar». Unda 10 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi.
«Saxtiyon» mahallasida 480ta xonadon mavjud bölib, 2500ga yaqin fuqaro yaşaydi. Katta mahallalardan biri bölsa-da, bu yerda ijtimoiy obektlardan birortasi mavjud emas.
«Mahallamiz qişloqning özagi hisoblanadi» - deb söz boşladi nafaqaxör otaxon Karimboy Jumatov. «Boşqa mahallalar biznikidan keyin barpo qilingan. Ularning barçasida maktab va boğça mavjud. Ammo, bizning mahallamizda negadir na boğça, na maktab va na mahalla guzari bor».
Mahalla fuqarolar yiğini raisi Asqar Işmuratov sözlariga köra, ayni paytda mahalla bolalari uzoq masofani bosib ötib, qöşni mahalladagi maktabga qatnaşga majbur.
«Mahallamizning 523 nafar bolasi 2,6 km masofani bosib ötib, bizga eng yaqin bölgan «Çakkalar» mahallasidagi 24-son maktabga qatnaydi. Kuz-qişning sovuği, bahorning yomğir-loyida ham ahvol şunday.
Mahallamizda 2245 nafar fuqaro istiqomat qilsa-da, bolalar boğçasi, guzar, dam oliş maskanlari, savdo şahobçalari, bolalarimiz uçun sport maydonçasi yöq. Hatto dorixona mavjud emas. Ijtimoiy obektlardan birortasi yöq» - dedi u.

Nafaqaxör otaxon Örozboy Vaisov sözlariga köra, mahallada maktabning yöqligi juda köp xonadonlarni moddiy tarafdan ham qiynab qöymoqda.
«6 nafar nabiram bor, ularni Gurlan tumani markaziga qatnab öqitişga majburman. Yölkiraga har kuni 12 ming söm sarflayapman. Şaxsiy avtomaşinasi borlar, özi olib borib kelyapti. Yöqlar esa mana şunday xarajat qilişga majbur. Bir oyda ança-munça mablağ sarflanadi, buni çöntagi kötaradiganlar bor, kötarmaydiganlar bor...».













