Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 maydagi 398-sonli qarori bilan xorij fuqarolari va Özbekiston hududida doimiy yaşaş joyiga ega bölmagan şaxslardan turistik (mehmonxona) yiğimlarini undiriş tartibini soddalaştiriş va aniqlik kiritişga doir özgartiş kiritildi. Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi taşabbusi bilan kiritilgan özgartişlar quyidagilarni közda tutadi:

Endi joylaştiriş vositalari va davolaş muassasalari (16 yoşgaça bölgan bolalardan taşqari) tomonidan Özbekiston hududida doimiy yaşaş joyiga ega bölmagan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslardan ular yaşagan har bir kun uçun turistik (mehmonxona) yiğim undiriladi. Töliq bölmagan yaşaş kuni uçun turistik yiğim töliq yaşalgan kun miqdorida undiriladi.

Şuningdek palatkali lagerlar va tunaş uçun qayta jihozlangan yer usti transportida yaşaşni taşkil qilgan turizm faoliyati (turizm operatorlari) sub'yektlari tomonidan yaşovçilardan ham undiriladi. 

Bundan taşqari, Özbekistonga 30 kungaça keladigan xorij fuqarolarini qabul qilib, ularga notijorat maqsadlarda yaşaş maydoni taqdim etgan jismoniy şaxslar tomonidan ham turistik yiğimlar tölanadi.

Mustaqil sayohat qiladigan, palatkali lagerlar va tunaş uçun qayta jihozlangan yer usti transportida yaşaydigan xorij fuqarolari turistik yiğimni mustaqil tölaşadi.

Bunga qadar turistik yiğimlar xorijiy fuqarolarning joylaşuv vositasida yaşagan har kuni uçun undirilar edi, ya'ni çet el fuqarolarining mustaqil sayohati közda tutilmagandi. 

Mazkur özgarişlar turistik (mehmonxona) yiğim tizimini tartibga keltiriş bilan birga mamlakat böylab mustaqil harakatlanuvçi xorijiy sayyohlarga qulaylik yaratadi va salohiyatli turistlarni jalb qiladi.