Germaniyaning Volkswagen avtomobil konserni va «Özavtosanoat» Özbekiston hududida birinçi qöşma modelni işlab çiqariş böyiça liniyani işga tuşirişni deyarli muvofiqlaştirib oldi.

«Volkswagen bilan hamkorlikni olti oy oldin boşladik. Ularda bu yerda muqobil işlab çiqarişni taşkil etişga ma'lum bir qiziqiş mavjud. Bu bizning boşqa brendlar işlab çiqarilişi böyiça manfaatlarimizga mos keldi, sababi multibrending bizning ustuvor vazifalarimizdan biri», - deya xabar bergan «Özavtosanoat» boşqaruvi raisi Umidjon Salimov. 

Eslatib ötamiz, nemis konserni tarkibiga Yevropaning 7 mamlakatidan 12ta brend kiradi: Volkswagen - yengil avtomobillari, Audi, Seat, Skoda, Bentley, Bugatti, Lamborghini, Porsche, Ducati, Scania va MAN. 

«Birinçi yönaliş - bu Amarok pikapi, u muvofiqlaştiriş jarayonida. Biz işlab çiqarişning butun texnologik liniyasini deyarli kelişib oldik. Hozirda qiymat ustida işlayapmiz. Yaxşi bilasizki, Volkswagen arzon mahsulot emas», - dedi Özbekiston avtomobilsozlik sanoati rahbari.
 
«Özavtosanoat» mutaxassislarining fikriga köra, pikaplar Özbekiston bozorida katta qiziqiş uyğotmoqda.

«Biz uçun Amarok juda qiziqarli mahsulot, çunki Özbekistonda pikaplar işlab çiqarilmaydi va juda oz miqdorda sotiladi. Bizning fikrimizça, pikaplar bozori - eng istiqbolli. Kelgusi 3-4 yil içida u faqat ösadi. Şuning uçun, hamkorlikning birinçi yönalişi - bu pikaplar. Albatta, biz Volkswagen’ning boşqa brendlari haqida ham parallel ravişda öylab köramiz», - deya qöşimça qilib ötdi Salimov. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Salimov avtosanoat qayta taşkil etilişi haqida ma'lum qilgandi.