Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari Akademiyasida ta'lim muhitining hozirgi holati uning jamoasi tomonidan ijodiy fikr yurita oladigan hamda boşqaruv, muhandislik-texnika, pedagogika va boşqa soha yönalişlari lavozimlari iyerarxiyasida moslaşa oladigan yuqori malakali ofitserlarni tayyorlaş böyiça vazifalarni hal etiş yöllari tanlanayotgani va jarayonga yangiça yondaşilayotganini körsatmoqda.
Yetakçi xorijiy davlatlarning ofitser kadrlarni tayyorlaş, turli körinişdagi maşğulotlarning yakuniy natijalariga erişişning samarali şakl va usullarini örganiş, şuningdek, konferensiyalar, ilmiy-uslubiy seminarlar va «davra suhbatlari»ni ötkaziş böyiça tajribalarini puxta örganiş böyiça olib borilayotgan işlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Masalan, Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari Akademiyasi tomonidan Mudofaa vazirligi harbiy kadrlar buyurtmaçisi, mamlakatning yetakçi oliy ta'lim muassasalari ekspertlari va mutaxassislari, professorlari hamda fan doktorlari iştirokida Qurolli Kuçlar Akademiyasida ta'lim strategiyasini aniqlaş böyiça bir qator işlar amalga oşirilgan bölib, yangi Davlat ta'lim standarti, Qurolli Kuçlar Akademiyasi bitiruvçilariga qöyiladigan malaka talablari, öquv rejalari hamda öquv fanlari dasturlari şular jumlasidandir.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuçlar Oliy Boş qömondoni Ş.M.Mirziyoyev taşabbusi bilan Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari Akademiyasi qoşida taşkil etilgan Oliy va örta maxsus harbiy ta'lim muassasalari Ilmiy-uslubiy kengaşi doirasida harbiy ta'lim jarayonini takomillaştiriş, mamlakatning harbiy ta'lim muassasalarida öquv-tarbiyaviy faoliyatni taşkil etişning yagona mexanizmini işlab çiqiş, professor-öqituvçilar tarkibi yuklamasini bugungi kun talab etayotgan me'yorga keltiriş, şuningdek, barça yönalişlar böyiça harbiy ta'lim muassasalarining milliy hamda xorijiy ta'lim muassasalari bilan özaro mustahkam aloqa örnatişning amaliy şakl va usullarini belgilaş masalalari tizimli ravişda körib çiqilmoqda.
Öquv auditoriyalarining zamonaviy multimedia va interfaol kompyuter texnologiyalari bilan töliq jihozlanganini, ta'lim oluvçilarning şaxsiy kompyuter texnologiyalari bilan ta'minlanganini hisobga olgan Qurolli Kuçlar Akademiyasi jamoasi, birinçi navbatda, ta'lim oluvçi tomonidan sifatli bilim olişiga qaratilgan ta'limning yangi şakl va uslublarini işlab çiqdi.
Ofitser kadrlarni tayyorlaş jarayonida mamlakatning yetakçi oliy ta'lim muassasalari, xorijiy mamlakatlarning harbiy-ta'lim va tadqiqot markazlari ekspertlari va mutaxassislarini Qurolli Kuçlar Akademiyasida dars ötişga jalb qiliş masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Uşbu yönalişda bir qator Kelişuv va Memorandumlar imzolangan bölib, birgalikda olib boriladigan işlarning «Yöl xaritalari» amalga oşirilmoqda.












