Har yili may oyining oxirgi sanasi – 31 may Xalqaro çekişga qarşi kuraş kuni sifatida nişonlanadi.

Çekuvçilar soni dunyo miqyosida 1,1 mlrdni taşkil qiladi, boşqa usullarda tamaki iste’mol qiluvçilar esa 200 mln. Bu raqamlar sababli tamaki iste’moli global epidemiyaligiça qolmoqda.

Kattalaşayotgan oziq-ovqat xavfi

Bu yilgi sana uçun "Bizga oziq-ovqat kerak, tamaki emas" şiori tanlangan. Maqsad – tamaki yetiştiruvçi fermerlarni boşqa foydali oziq-ovqatlar yetiştiriş va buning bozor imkoniyatlari haqida xabardorliklarini oşirişdan iborat.

Özi şundoq ham iqlim muammolari, uruşlar va nizolar, koronavirusning iqtisodiy va ijtimoiy ta’siri sabab oziq-ovqat xavfsizligi barqaror emas. Ekinni töğri tanlamaslik, jumladan, tamaki ekiş ham bular qatoriga qöşilib muammoning kattalaşişiga sabab bölmoqda. Dunyoda har yili 3,5 mln gektar yer tamaki ekiş uçun moslaştiriladi. Tamaki yetiştiriş uçun örtaça 200 gektar maydondagi daraxtlar kesiladi. Uni östiriş köp resurslarni talab qiladi, öğit va turli pestitsidlarni işlatiş tuproq degradatsiyasiga olib keladi. Tamakidan söng yerga boşqa ekin ekiş ham qiyin, sababi tuproq unumdorligi pasayadi. Bu ösimlik yetiştirilişi ekologiyaga çorvaçilikdan ham köra köproq zararlidir. Sababi tamaki ösgan yerlar çöllanişga moyil böladi.

Agar bu ma’lumotlarni tamaki çekadigan biror inson öqiyotgan bölsa, çekiş faqat özining soğligiga zarar emasligini, balki butun Yer şari bundan aziyat çekayotganini, kattalaşib borayotgan iqlim özgarişi muammosiga özi ham hissa qöşayotganini bilib olişi mumkin.

Tamaki sabab har yili 8 mln odam vafot etadi. Tamakini yetiştiriş, uni işlab çiqariş, tarqatiş, iste’mol qiliş va hatto iste’moldan keyingi çiqindisi ham atrof-muhitni zararlaydi.

Qaramlik

Tamaki tarkibidagi asosiy moddalardan biri nikotin hisoblanadi.Nikotin organizmdagi metabolik jarayonga xalaqit beruvçi, miya faoliyati va fiziologik funksiyalariga ta’sir qiluvçi alkogol va boşqa psixoaktiv moddalar kabi odamni öziga örgatib qöyadi. Şu tarzda tamakiga jismoniy qaramlik şakllanadi. Doimiy nikotin oqimiga örganib qolgan odam tamakidan foydalanişni töxtatsa, taşviş va xavotirga tuşib qoladi.