Maktab yoşidagi bolalarni umumiy örta ta'limga qamrab oliş tuman (şahar) hokimliklarining qarori bilan umumta'lim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida umumta'lim muassasasi pedagog xodimlari tomonidan bolalarni birma-bir (uyma-uy) röyxatga oliş orqali amalga oşiriladi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.
Umumta'lim muassasasi rahbariyati mazkur muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoşidagi bolalarni öz vaqtida umumta'lim muassasasiga öqişga jalb qiliş uçun mas'ul hisoblanadi.
Umumta'lim muassasalarining I sinfiga 6-7 yoşli bolalar tibbiy xulosaga muvofiq qabul qilinadi.
Tegişli yilning 31 avgustiga qadar 6,5 yoşga tölmagan, I sinfda öqiş istagini bildirgan bolalarning ota-onalari bilan umumta'lim muassasasining pedagog xodimlari va psixologi tomonidan bolani maktabda öqişga jismonan va ruhan tayyorlaş böyiça tuşuntiriş işlari olib boradi.
Bolalarni umumta'lim muassasasining I sinfiga qabul qiliş uçun ularning ota-onalari tomonidan quyidagi hujjatlar topşiriladi:
• ota-onalar tomonidan umumta'lim muassasasi direktori nomiga ariza;
• ota-onalarning fuqarolik pasporti nusxasi;
• bolaning tuğilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;
• bolaning soğliği töğrisida tibbiy ma'lumotnoma;
• bolaning 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati.
Bolalar umumta'lim muassasasining I sinfiga tayyorgarlik darajasidan qat'i nazar, tanlovsiz qabul qilinadi.












