Porsche konserni barça yangi avtomobillarini sotişni töxtatdi. Bu haqda Frankfurter Allgemeine naşri ma'lum qildi.
Nemis naşri ma'lumotlariga köra, bu Yevropada 2018 yil sentabrdan çiqindi gazlaridagi zararli moddalar miqdori böyiça yangi me'yorlar amal qilişi boşlanişi hamda çiqindilarni ölçaş tartiboti özgarişi bilan boğlangan. Avtokonsern saytida maşinaga buyurtma beriş vaqtida “Siz tanlagan modelni ayni vaqtda sozlab bölmaydi” degan yozuv çiqmoqda.
Mijozlar Cayenne va Panamera modellarini 2019 yil martigaça kutişlariga töğri keladi. 911 modeli qaçon sotila boşlanişi noma'lum.
Ötgan yil Germaniyada havoni ifloslantiriş me'yorlari buzilgani sababli dizelda işlovçi Porsche Cayenne’dan foydalaniş taqiqlangandi. Bu avtomobillarda çiqindilarni tekşirişda yolğon körsatkiçlar körsatuvçi qurilma qöllangan.











