Bugungi kunda Samarqand viloyati IIB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xodimlariga xizmatda foydalaniş uçun zamonaviy Rossiya Federatsiyasida işlab çiqarilgan “Binar” rusumli tezlikni ölçaş uskunalari biriktirilgan bölib, uşbu tezlikni ölçaş moslamasi zamonaviy, sönggi rusumdagi tezlikni ölçaş moslamasi bölsada, köriniş jihatidan eski rusumdagi xizmatda foydalanişdan çiqarilgan “Iskra” rusumli radar körinişiga öxşab ketadi, deb xabar qilmoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi.

Foto: simicon.ru

Mazkur “Binar” rusumli tezlikni ölçaş moslamasidan xizmat ötaş vaqtida qölda, ştativda va patrul avtomaşinasida foydalaniş mumkin bölib, belgilangan tezlikni oşirib qoidabuzarlik sodir qilgan haydovçiga transport vositasining “fotosuratini” körsatiş uçun maxsus monitor bilan jihozlangan.

Foto: simicon.ru

Yöl-transport hodisalarini oldini oliş va “Yöl harakati qoidalari” talablarini buzgan holda, belgilangan tezlikni oşirib harakatlangan transport vositalarini aniqlaş maqsadida, Bulunğyr hamda Jomboy tumanlari hududlarida oçiq körinişi çeklanmagan joyda zamonaviy “Binar” rusumli tezlikni ölçaş uskunasidan foydalangan holda “Tezlik” reyd tadbirlari ötkazilmoqda.

Foto: simicon.ru