
Azizlar, şu kunlarda andijonlik Abdulbosit qori aka xonadoniga katta taşviş yetdi. Uning farzandi, közining nuri bölmiş jigarbandi Yosinxon qori 2018 yil 27 may kuni tong sahar Çilonzor 5-mavzeda yaşab turgan uyidan çiqib ketgani holda qaytib kelmagan. Otasi Abdulbosit qorining aytişiça, öğli Toşkent transport kollejining birinçi kursida tahsil olgan.
Yosinxon qori 2001 yilda tavallud topgan bölib, endi 17 yoşni töldiradi. Böyi 165-170 sm atrofida. Alohida belgilari yöq. Qoşi tekis, soçi qora. Özi oqişdan kelgan öspirin. Yöqolgan kuni egnida töq kök tusli futbolka, töq kök rangda triko bölgan. Oyoğida usti qora, tagi oq bölgan matoli poyabzal kiygan.
Abdulbosit qorining aytişiça, u rafiqasini farzandi Andijonga ketgan bölişini gumon qilib, öşa yoqqa yuborgan. Biroq u yerdagi tanişlari, yaqinlarining heç birining uyida Yosinxon qori bölmagan.
Abdulbosit qori 29 may kuni Çilonzor tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Ammo, hozirça, bu samara berayotgani yöq.
Azizlar, şu yigitni körganlar, qayerda ekanini bilganlar bölsa, quyidagi telefon raqamlariga qönğiroq qilişlarini söraymiz.
Telefonlar:
+998 90 320 75 57
+998 90 544 24 00
+ 998 90544 18 00











