Londondagi Qiroliça Mariya universiteti tadqiqotçilari tiş emalini qayta tiklay oluvçi materialni ixtiro qilişdi. Nature Communications maqolasida kimyogarlar yangi işlanma öz tuzilmasi va xususiyatlariga köra tiş emaliga öxşaşini ma'lum qilişdi. 

Olimlar tiş emaliga ziyon yetsa, uni qayta tiklaşning iloji yöqligi va bu tişlarni yöqotişga olib kelişini qayd etişdi. 

Biroq yangi material yordamida tişlar önlab yillar davomida saqlanib qolişi mumkin. Modda ekstremal haroratlar, nordon oziq-ovqat va içimliklarga qarşilik qila oladi.

Material kristallarning ösişiga olib keluvçi oqsil yordamida işlab çiqilgan. Bu oqsil tişlar şakllanayotganida organizmda paydo böladi. 

Olimlar kelgusida işlab çiqilgan material yordamida qattiq töqimalar regeneratsiyasida yangi yutuqlarga erişiş va hatto tişlarning yiringlaşi oldini oliş mumkinligini ta'kidlaşdi. 

Tadqiqotçilarning sözlariga köra, ixtiro asosida mineralizatsiya jarayonini boşqarişda oqsillardan foydalaniş usuli yotadi.