3 iyun Birlaşgan Millatlar Taşkiloti tomonidan "Butunjahon velosiped kuni” deb belgilangan. Qonunçilikka muvofiq, velosiped odam kuçi bilan harakatlantiriladigan (nogironlar aravaçasidan taşqari) ikki yoki undan ortiq ğildirakli transport vositasidir. Yölda velosiped haydab ötiş 14 yoşdan kiçik bölmagan şaxslarga ruxsat etiladi. "Huquqiy axborot" matbuot xizmati yöllarda velosipedda harakatlanişga qöyilgan talablarni yodga soldi.

Velosipedlar yölning çekkasida imkon qadar öng tomondan bir qator bölib harakatlanişi kerak. Agar piyodalarga xalaqit bermasa, yöl yoqasidan harakatlanişga ham ruxsat etiladi.

Yölning qatnov qismida harakatlanişda velosipedçilar jamlanmasi yöl harakati xavfsizligini ta'minlaydigan hamda ularni quvib ötişni osonlaştiradigan guruhlarga bölinişi lozim.

Velosiped tovuşli işora moslamasi bilan jihozlangan va tormoz tizimi soz bölişi zarur. Qoronğu vaqtda harakatlaniş uçun velosipedning old tomoniga - oq rangli nur qaytargiç va çiroq, orqa tomoniga - qizil rangli nur qaytargiç va çiroq, yon tomonlariga esa zarğaldoq yoki qizil rangli nur qaytargiç örnatilişi kerak.

Velosiped haydovçilariga quyidagilar taqiqlanadi:

  • rulni bir qölda uşlab harakatlaniş;
  • yölovçi taşiş (işonçli oyoq qöygiç bilan jihozlangan qöşimça örindiqda 7 yoşgaça bölgan yölovçini taşiş bundan mustasno);
  • gabaritdan böyiga va eniga 0,5 metrdan ortiq çiqib turgan yoki boşqarişga xalaqit beradigan yuklarni taşiş;
  • velosiped yölkasi bölgan holda yölning qatnov qismida harakatlaniş;
  • tramvaylar harakatlanadigan yöllarda va tegişli yönalişda yönalişlari bittadan köp bölgan yöllarda çapga buriliş yoki qayrilib oliş.

Velosiped haydovçilarining yöl harakatini tartibga soluvçi signallarga böysunmasligi, ustunlik beruvçi, taqiqlovçi yoki körsatma beruvçi yöl belgilari talablariga rioya qilmasligi — eng kam iş haqining uçdan bir qismi miqdorida jarima solişga sabab böladi.