Toşkent viloyati Yangiyöl tumanida yuk maşinasi velosiped haydab ketayotgan 9 yoşli bolani urib ketdi. 5 iyun kuni röy bergan hodisa haqida viloyat IIB YHXB 11 iyun kuni xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, voqea soat taxminan 11:30 larda Baytiş mahallasi hududidan ötgan D-022 “Nurafşon – Oqqörğon – Yangiyöl” avtomobil yölining 57-kilometrida röy bergan.
Haydovçi K.T. (1995 y.t.) MAN TGS rusumli yuk avtomobilini boşqarib ketayotgan vaqtda öziga nisbatan öng tomondan çap tomonga harakatlanib ötayotgan velosipedçi Yu.E.ni (2016 y.t.) urib yuborib, YTH sodir etgan.
Bola turli körinişdagi tan jarohatlari olib şifoxonaga yotqizilgan.
Voqeadan 6 kun ötib berilgan rasmiy axborotdan bolaning hozirgi ahvoli haqidagi ma’lumot joy olmagan.
Yangiyöl tumani IIB tergov olib bormoqda.













