O‘zbekiston | 01:09 / 04.06.2018
7763
1 daqiqa o‘qiladi

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov O‘zbekiston basketbol federatsiyasiga prezident etib saylandi

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

2 iyunda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston basketbol federatsiyasiga yangi prezident saylandi. 

Yig‘ilishda federatsiya vakillari federatsiya faoliyati, rivojlanishi tarixi va bugungi kundagi holatiga bag‘ishlangan taqdimotni namoyish qilishdi. Shuningdek, mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilingan.

Dusanov Zohid Abduqayumovich sog‘lig‘idagi muammolar sababli federatsiya prezidenti  lavozimini tark etgan. Bu lavozimga O‘zbekiston Adliya vaziri Davletov Ruslanbek Quroltoyevich nomzodi ilgari surilgan. Yig‘ilganlar Davletovning nomzodini bir ovozdan qabul qilishgan.

Davletov o‘z nutqida basketbolning viloyatlarda rivojlantirilishi, terma jamoa uchun xorijiy murabbiyni jalb qilish zarurligini ta'kidlab o‘tgan. Shuningdek, asosiy muammo – baza masalasi hal qilinishi zarurligini aytib o‘tgan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid