Moskvaning Şeremetevo aeroportida Londonning “Arsenal” klubi va Nigeriya terma jamoasining sobiq futbolçisi Nvankvo Kanudan 11 ming dollar öğirlaş gumoni bilan ikki nafar yukçi qölga olindi. 

Kanu Londondan Moskvaga kelgan va u yerdan Kaliningradga uçib ketgan. Kaliningraddagi Xrabrovo aeroportida u yukini olgan, biroq mehmonxonada puli yöqolganini aniqlagan.

Kaliningradda 16 iyunda Nigeriya terma jamoasi jahon çempionati doirasida Xorvatiya bilan uçraşadi.

41 yoşli Kanu Nigeriya terma jamoasi safida 1994 yildan 2011 yilgaça töp surgan. U, şuningdek, “Ayaks”, “Inter”, “Arsenal”, “Vest Bromviç” va “Portsmut” klublari şarafini himoya qilgan.

Uşbu holat yuzasidan jinoiy iş qözğatilgan. Ta'kidlanişiça, öğirlangan pullar tez orada egasiga qaytariladi.