Amerikaning SpaceX kompaniyasiga tegişli Falcone 9 raketasi Kanaveral burunidagi kosmodromdan uçirildi. U Yevropa telekommunikatsion sun'iy yöldoşini orbitaga olib çiqişi kerak. Bu joriy yilda raketaning hisob böyiça 11-muvaffaqiyatli uçirilişi. Start çoğida raketaning avval qaytarilgan birinçi poğonasi qöllanildi, uning yordamida ötgan yil sentabrida Amerikaning X-37B maxfiy mini-şattli koinotga uçirilgandi.

Endi bu poğona qaytarilmaydi, sababi faqat bitta takroriy parvozga möljallangan Block 4 eski turdagi poğonalariga tegişli. Oğirligi 5,4 tonna keluvçi SES-12 sun'iy yöldoşining uçirilişi Osiyo-Tinç okeani mintaqasi va Yaqin Şarq davlatlarini keng polosali internet hamda boşqa aloqa vositalari bilan ta'minlaş imkonini beradi.

Kompaniya yaqin kelajakda 50ta parvozga möljallangan Block 5 turidagi raketalarga butunlay ötişni rejalaştirmoqda. Bunday raketaning ilk parvozi joriy yil may oyida amalga oşirildi.