Jahon | 18:56 / 04.06.2018
8247
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina bosh vaziri iste'foga chiqish bilan tahdid qildi

Foto: Danil Shamkin / Zuma / TASS

Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysmanning ma'lum qilishicha, mamlakatda mustaqil Korrupsiyaga qarshi sud tashkil etilmasa, hukumat rahbari lavozimidan ketadi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.

«Men, Ukraina bosh vaziri sifatida, o‘zim uchun qaror qabul qildim: agarda bu adolatli, mustaqil sud tashkil etilmasa, men Ukraina bosh vaziri vakolatlarini topshiraman va iste'foga chiqaman», - deya aytib o‘tgan Groysman Oliy rada raisi Andrey Parubiy bilan qo‘shma brifingda.

Bosh vazirning ta'kidlashicha, bugun fraksiyalar deputatlari bilan ishlash niyatida, bu ular payshanba kuni Korrupsiyaga qarshi sud to‘g‘risidagi qonunni qo‘llab-quvvatlashi uchun kerak.

«Korrupsiyaga qarshi sud to‘g‘risidagi qonun qabul qilinishi muhim, aks holda, bu muhim qaror qabul qilinmaydigan bo‘lsa, ham jamiyat ichida, ham hukumatda ishonch yo‘qoladi, xalqaro obro‘ga zarar yetadi», - deya qayd etib o‘tgan Groysman.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid