10:25 / 05.06.2018
26644

Hilton Tashkent City hududida mehmonxona ochishi mumkin

Hilton Tashkent City hududida mehmonxona ochishi mumkin. Buni Tashkent City direksiyasi xabaridan bilish mumkin, deb yozmoqda Spot.

Bir nechta renderlarda osmono‘par imoratda Hilton yozuvi borligini payqasa bo‘ladi.

Direktsiya bu haqida izoh bermagan, biroq muzokaralar o‘tkazilayotgani, Hilton’da O‘zbekistonga qiziqish borligi haqida may oyida, prezident Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi arafasida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Hilton - Hilton Worldwide korporatsiyasiga tegishli bo‘lgan mehmonxona va kurortlar xalqaro tarmog‘i. Kompaniya 1919 yilda Konrad Xilton tomonidan tashkil etilgan. 2017 yilda Hilton Hotels & Resorts brendi dunyoning 103 mamlakatida va hududlarida joylashgan 5 100dan ziyod mehmonxonalar hamda dam olish maskanlarini o‘z ichiga oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tashkent City 4 yil ichida qurilishi xabar berilgandi

Top