“Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida Hindiston Bosh vazirini Oʻzbekiston yetakchisi kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari koʻtarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Davlat rahbarlari "Yangi Oʻzbekiston" bogʻiga tashrif buyurdi. Anʼanaga koʻra, oliy martabali mehmon Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi.

Majmua bilan qisqacha tanishuv davomida ushbu meʼmoriy ansamblning mazmuni va oʻziga xos xususiyatlari haqida maʼlumot berildi.

Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 30-avgust kuni boʻlib oʻtadi.

Ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplami imzolanishi kutilmoqda.

Avvalroq Hindiston Tashqi ishlar vazirligi bu Narendra Modining Oʻzbekistonga toʻrtinchi tashrifi boʻlishini xabar qilgandi.