Tashkent City Xalqaro biznes markazida (XBM) loyihalaştirişdan tortib, obektlarni töliq işga tuşiriş jarayonini 4 yil içida yakunlaş rejalaştirilmoqda. Bu haqda Tashkent city direksiyasi matbuot xizmati xabar qildi.
Loyiha ikki bosqiçga bölinadi: kongress xollga ega mehmonxona, turar-joy binolari va park hududini birinçi navbatda (2,5 yil) foydalanişga topşiriş rejalaştirilmoqda, deya ta'kidlaydi direksiya.
Kongress xoll qurilişi ustuvor vazifaga aylangan, bu yerda poydevor barpo etiş işlari olib borilmoqda. Boşqa uçastkalarda mavjud binolarni buziş jarayoni tugallanmoqda.
Şayxontohur tumani hokimligi köçiriladigan oilalarni uy-joy bilan ta'minlaş majburiyatini öz zimmasiga oldi. Investorlar tanlangan uçastkalarda binolar va infratuzilmalarning batafsil loyihalarini işlab çiqişmoqda.
Toşkent şahrining Alişer Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat köçalari oraliğida Tashkent City xalqaro biznes markazi bunyod etilmoqda.
Bugungi kunda mazkur zamonaviy markaz qurilişi yettita lotda jadal olib borilmoqda. Hozirgaça 42 ming kub metr tuproq işlari bajarilgan, yer osti monolit qoplamalarini mustahkamlaş yakunlangan.
Loyihani amalga oşirişga ARUP (Buyuk Britaniya, arxitektura konsepsiyasini işlab çiquvçi), Cushman and Wakefield (AQŞ, tijorat konsepsiyasini işlab çiquvçi), SF Landscape Architecture (Italiya, landşaft konsepsiyasini işlab çiquvçi), Prime Tower Group (Özbekiston, boş loyihaçi) va Discover Invest (Özbekiston, boş pudratçi) ekspertlari jalb etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xalqaro kompaniyalar Tashkent City qurilişiga investitsiya kiritayotgani xabar qilingandi.












