Respublika mahallalar kengaşi bilan hamkorlikda ötkazilgan amaliy konferensiyadan söng ommaviy axborot vositalarida, internet saytlarida “Işonasizmi, u yiğladi, xotini urarmiş”, nomida kiçik ma'lumot berildi va bu köpçilikning e'tiborini tortdi. Kimdir işonib-işonmadi, kimdir kulsa, kimdir açindi, yana kimdir ajablandi. Yana kimlardir, buning sababi nimada ekan, deb öylagan bölsa, ajabmas.

Xöş, haqiqatan ham, xotin erini nega uradi? Ikkisi ham hali yoş bölsa, oilada yaşaş uçun şaroiti bor, örtada bir nafar farzand bölsa? Bir qaraganda, bunga işoniş qiyin, lekin bu bor gap va yiğilişda uşbu masalaga e'tibor qaratilgani ham bejiz emas.

Hamma gap bugun oila qurgan ayrim yoşlarning mas'uliyatsizligi va hali oila qurişga tayyor bölmagan holda uylanganidadir. Yuqorida keltirilgan holatda ham er uylanguniga qadar ham, undan söng ham heç qayerda işlamagan, biron-bir kasb-kori yöq va tabiiyki, ota-onasi qaramoğida bölib, oila ta'minoti bilan umuman şuğullanmagan. Buning ustiga u mustaqil fikrga ega emas, biron-bir masalani özi hal etmagan, hatto xotini yoki farzandi uçun oddiy paypoq olib berişni ham ota-onasidan sörab, hal qilgan. Ustiga-ustak na xotiniga va na farzandiga mehr körsatgan, ularning nima yeb, nima içayotgani bilan mutlaqo qiziqmagan, aksinça, erdan ajraşgan bir ayol bilan topişib olib, uning uyiga borib-kelib yuravergan.

Xöş, endi özingiz xulosa qiling: bunday erning xotini oldida qanday obrösi-yu, oilada qanday örni bölişi mumkin?!

Albatta, erning bunday ayançli ahvolga tuşib qolişining qator sabablari bor. Aniqroq aytganda, buning asosiy sababini u ösib-ulğaygan oiladan izlasak, töğriroq böladi. Ya'ni, öğil oilada yolğiz farzand, ota-onaning erkasi bölib voyaga yetgan, hali oila qurişga tayyor bölmasdan turib, ota-onaning xohiş-istagi böyiça ularning “orzu-umidlari”ni röyobga çiqariş uçun uylangan.

Albatta, bu örinda biz ota-onani ayblaş fikridan yiroqmiz, çunki hayotda biron-bir ota-ona farzandim baxtsiz bölsin, deya niyat qilmaydi.

Maqsad — farzand tarbiyasiga e'tiborsizlik bilan qaraş, faqatgina bolaning moddiy ta'minlaş bilan şuğullaniş qanday oqibatlarga olib kelişini  qayd etiş va eng asosiysi, hayotda ana şunday holat qayta röy bermasligining oldini olişdir.

Farzand tarbiyasi, uning odob-axloqi haqida gap ketganda, bu xalqimizda ming yillar davomida şakllanib, yuksak qadriyatga aylanganini ta'kidlaşni istardik.

Axir, ota-bobolarimiz bejizga “bolani içingda yaxşi kör”, ya'ni yaxşi körganingni bolangga bildirma, deb aytmagan. Bu hikmat zamirida ta'bir joiz bölsa, farzand tarbiyasi bilan boğliq tengsiz falsafa bor. Çunki hali bolaligidan taltayib, erka va tantiq bölib ösgan farzand voyaga yetganda, heç şubhasiz, xudbin, ya'ni faqat öz manfaatini öylaydigan, boşqalarning fikri, haq-huquqi bilan hisoblaşmaydigan kimsaga aylanişi tayin. Şuningdek, yoşligidan mehnatga örganmagan bolaning katta bölganida mehnatga böyni yor bermaydi.