Turkiya milliy aviataşuvçisi, Turkish Airlines (THY) şirkati Brand Finance xalqaro tahlil agentligiga köra, Turkiyaning eng qimmat brendlari TOP-100da birinçi örinni egalladi.
Brand Finance Turkiyaning eng qimmat brendlari reytingini 11-marta e'lon qildi.
THY brendining bozor qiymati 2,042 milliard dollarga baholanmoqda.
Röyxatda ikkinçi örinni Brand Finance reytingining ötgan yilgi yetakçisi - Türk Telekom telekommunikatsiya kompaniyasi egalladi. Türk Telekom brendi qiymati 1,907 milliard dollar.
Uçinçi örinda Turkcell mobil aloqa operatori 1,8 milliard dollar bilan joylaşdi.
Keyin Akbank 1,649 milliard dollar va Garanti Bank 1,584 milliard dollar qiymat bilan bormoqda.
Ziraat Bank brendining qiymati töqqiz foizga oşib, 1,432 milliard dollarni taşkil etdi, bu esa unga reytingda oltinçi örinni saqlab qolişga imkon berdi.
Ziraat Bank’dan söng İş Bank 1.334 milliard dollar bilan, Arçelik 1.258 milliard bilan, Yapı Kredi - 937 million va Ford Otosan 878 million dollar bilan bormoqda.
Tadqiqotga köra, Turkiyaning eng qimmat 100 brendining umumiy qiymati 27,5 milliard dollarni taşkil etadi.













